Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o‘rtasida bir-lik mav jud. 
Tafakkur va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonun 
larini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob’ektiv 
umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson 
mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mum- kin, tabiatda esa 
dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi. 
Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni 
tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan mantiqiy shakllar qobig‘iga o‘raladi. 
Tafakkur o‘zining asosiy shakllari –tushunchalar, mulohazalar va xulosalar 
ko‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda. 
Tushuncha narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va 
aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining 
mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, 
balki ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni 
guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega 
ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’ektning mohiyatini 
tushunishimizni nazarda tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim 
umumiy, ya’ni barcha odamlarga xos bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning 
boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning 
mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya’ni inson haqidagi 
tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish va 
mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va 
tasavvurlardan farqli o‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan 
xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman daraxtni aks ettiradi. 
Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish 
mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u 


yaxshilik, yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi 
tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har 
qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning 
ob’ektiv ta’rifi ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi. 
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida 
mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. 
SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz narsalar – xossalar va 
munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har xil 
bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy 
ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o‘zi 
uchun qoida deb biladi. Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy 
jihatdan aniq ta’riflash haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi. 
Tushunchalar inson ongida ma’lum bog‘lanishda, mulohazalar ko‘rinishida 
yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, 
narsaning turli tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar 
va munosabatlarni aniqlash demakdir. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling