Reja: Biznes reja, uning ahamiyati, mohiyati va mazmuni


Download 164.97 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi164.97 Kb.
#1545510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzuga

Uchinchi bo'lim. «Tadbirkorning iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot ko'rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, sur’ati va boshqalar; ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmo qchi bo'lgan iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan talabga ta’sir etuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini bashorat qilish.
To'rtinchi bo'lim. «Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmining tahlili» bo'limida talabni o'rganish va narxlarni bashorat qilbhning davomi bo'lib, bu bo'limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqt mobaynida belgilab beriladi.
Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga asoslansa, ikkinchi tomondan, bo'lajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan bo'lgan dastlabki bitimgatayanadi.
Loyihalaming o'lchami va muddatiga qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar amalga oshirilganda mahsulot iste’molchilari doirasini aniqlash mumkin. Bu esa, o'z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Bozorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa faoliyat turiari bilan jadallashtirish yo'llarini ham belgilab berishilozim.
Ushbu bo'limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi, raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosatini bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda tovarning sotilish hajmi kiritiladi.
Beshinchi bo'lim. «Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlar» bo4ib, bu bo'limning mazmuni aksariyat hollarda tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog liq. Ishbilarmonlik harakat dasturi quyidagilarni o'z ichiga oladi: a) marketing harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa bog'lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; v)tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorligiga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat ко'rsatish.
Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakatlarning uzviy qismi bo'lib, biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy tuzilmalarini; ijro etuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini omatish, rag batlantirish, kadrlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlargakiradi.

Download 164.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling