Ular quyidagilar: - Tadbirkorlik faoliyatining aniq sohalari va yo‘nalishlari, mo‘ljallangan bozori va unda tadbirkorning o ‘rnini aniqlash;
- Tadbirkorlik faoliyatining uzoq va qisqa muddatlardagi maqsadlari, ularga erishish strategiyasi, taktikasi va mas’ul xodimlarni belgilash;
- Ishlab chiqarilishi ko'zda tutilgan tovarlar (xizmatlar)ni tanlash, ularning turlari va ko‘rsatkichlarini baholash;
- Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlash va baholash;
- O‘ylangan ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurslar va shart-sharoitlarni aniqlash, ular bilan ta’minlash imkoniyatlarini baholash;
- Marketing va menejment sohasida kompleks tadbirlarni belgilash;
- Kelajakda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularning salbiy ta’sirini pasaytirish choralarini ko'rish;
- Hamkorlar topishga ko‘maklashish, ularni mazkur ishga qiziqtirish va unga ishtirok etishga ko‘ndirish.
- BIZNЕS-RЕJANING VAZIFALARI
- TADBIRKORLIKDA BIZNES REJANING FUNKSIYALARI QUYIDAGILAR:
- 1. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish-faoliyatini samarali amalga oshirish va yangi yo‘nalishlami rivojlantirish imkoniyatlarini baholash, kechayotgan jarayonlarni nazorat qilish, natijalarni aniqlash va tahlil qilish;
- 2. Tadbirkorlik strategiyasini ishlab chiqish bazasini yaratish - tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kerakli resurslar bilan ta’minlash, amalga oshirish, yangi yo‘nalishlami aniqlash, tashkil etish, boshqarish va hokazolar;
- 3. Pul mablag‘larini jalb qilish;
- 4. Ishga o‘z sarmoyasi yoki texnologiyasi bilan ishtirok etishni istaydigan hamkorlarni jalb etish.
- Biznеs-rеja…
- birinchidan, korхonaning barcha bo`lim va хizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon bеradi;
- ikkinchidan, ularni korхona istiqboli bilan shug`ullanish hamda korхona maqsadlarini va ularga erishish yo`llarini aniqlashga majbur qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |