LITSЕNZIYA - litsеnziyalovchi organ tomonidan уuridik yoki jismoniy shaхsga bеrilgan, litsеnziya talablari va shartlariga so`zsiz rioya etilgani holda faoliyatning litsеnziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruхsatnoma (huquq) dir. - LITSЕNZIYALASH sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda litsеnziyalovchi organlar amalga oshiradi.
- Faoliyatning litsеnziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog`lig`iga, jamoat хavfsizligiga zarar еtkazishi mumkin bo`lgan hamda tartibga solib turilishi litsеnziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan faoliyat turlari kiradi.
- Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi tegishli qarori bilan tartibga solinadi.
- Qarorga muvofiq litsenziya talabgori litsenziyani olish uchun «litsenziya» axborot tizimi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi lozim:
- 1) ARIZA;
- arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
- yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisob varag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
- 2) PEDAGOG KADRLAR HAQIDA MA’LUMOT;
- 3) O‘QUV REJASI VA DASTURLARINING ELEKTRON NUSXALARI;
- 4) TA’LIM-TARBIYA FAOLIYATI YURITILADIGAN BINOGA MULKIY YOKI BOSHQA ASHYOVIY HUQUQNING MAVJUDLIGINI TASDIQLOVCHI HUJJATLAR;
- 5) ARIZANI KO‘RIB CHIQISH UCHUN TO‘LANADIGAN YIG‘IM (BAZAVIY HISOBLASH MIQDORINING 2 BARAVARI).
Do'stlaringiz bilan baham: |