Reja: Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari Qomat


Download 88.5 Kb.
bet1/6
Sana15.06.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1481645
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu . Shikastlanishlarda va tayanch-harakat apparati kasalliklaridadavolash jismoniy tarbiyasi

10-mavzu . Shikastlanishlarda va tayanch-harakat apparati kasalliklaridadavolash jismoniy tarbiyasi


Reja:
  1. Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari


  2. Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi.
  3. Skaliozda davolash jismoniy tarbiyasi


  4. YAssi oyoqlikda davolash jismoniy tarbiyasi

Organizmda tayanch-harakat organlari tayanch va harakat vazifalarini bajaradi. Tanyach-harakat organlariga ko`p hollarda tashqi muhit, kasallik tarqatuvchi mikrob va boshqalar ta’sir qiladi, natijada har xil kasallik holatlarini vujudga keltiradi. Bunday holatlarda davolash mashqlarini qo`llash asoslangan. SHu bilan birga davolashni boshqa turlari ham keng qo`llaniladi.


Jarohat olgan kasallarda sog’liqni tiklashni to`rtta davri mavjud bo`lib, ularni davom etishi jarohatning og’irligiga, jarrohlik aralashuvi harakteriga va kasallik asoratlariga bog’liq bo`ladi. operatsiya oldi davrida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va nafas olish gimnastikasi qo`llaniladi. Bunda sog’lom qo`llarda vazminlashtirilgan (gantel, to`ldirma to`p, espandero, rezinali amortizatorlar yordamida) va cho`zuvchi mashqlar bajariladi.
Operatsiyadan keyingi davrda davolash gimnastikasini asosiy vazifasi o`pka shamollashi, venada tromblar hosil bo`lishi, qayta aylanishni tezlashtirish, mahalliy limfa va qon aylanishni tezlashtirish va boshqalardan iborat. Buning uchun davolash gimnastikasi jarohatlangan qismlarni jalb qilgan holda o`tkaziladi.
Harakatsiz holatga keltirilgan (imoblizatsiyadan so`ng) keyingi davrda gips, apparat boshqalarni olib tashlangandan so`ng asosiy diqqatni jarohat olgan qismni funktsiyasini to`liq tiklashga qaratiladi. Bunda davolash gimnastikasidan tashqari suv havzalarida va trenajerlarda mashq bajarishlar ham qo`shib olib boriladi.
Tiklanish (reablitatsiya) davrida asosiy diqqatni buzilgan funktsiyani tiklash va immoblizatsiya asoratlarini yo`qotishdan iborat. Bu davrda sog’lom qismlarda ko`proq yangi malakalar va ishlarni bajarishni kompensator mexanizmlari vujudga keltiriladi. Davolash mashqlari umumiy rivojlantiruvchi, suvda bajariladigan mashqlar, cho`zuvchi trenajyor, massaj va fizioterapiyalardan iborat bo`ladi.



Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling