Reja: Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari Qomat


Skaliozda davolash jismoniy tarbiyasi


Download 88.5 Kb.
bet4/6
Sana15.06.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1481645
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu . Shikastlanishlarda va tayanch-harakat apparati kasalliklaridadavolash jismoniy tarbiyasi

Skaliozda davolash jismoniy tarbiyasi


Skolioz tug’ma (umurtqalarning noto`g’ri rivojlanishi tufayli) bo`lishi mumkin lekin ko`proq 5 - 15 yoshli bolalarda ayniqsa o`quvchilar orasida uchraydi. O`quv mashg’ulotlari vaqtida bolalar partada gavdasining noto`g’ri tutib o`tirishi natijasida umurtqa poganasi va muskullarga og’irlik bir xilda tushmaydi.
Oqibatda muskullar bo`shashib qoladi. Umurtqa pog’onasi boylamlari va shaklining o`zgarishi turg’un skoliozga sabab bo`ladi. Bolalarning yoshlikda raxit bo`lganligi, katta yoshdagilarning doim bir qo`lida yuk ko`tarishi ham skoliozga olib kelishi mumkin. Umurtqaning sinishi yoki uning ayniqsa sil oqibatida emirilishi natijasida ham skolioz ro`y beradi. Kishining bir oyog’i kalta bo`lsa o`sha tomonga engashib qadam tashlashi natijasida funktsional skolioz kelib chiqadi. Skoliozning oldini olish uchun bolalarni partada va stol atrofida to`g’ri o`tirishga o`rgatish, vrach buyurgan davolash jismoniy tarbiyasi mashqlarining qunt bilan bajarish massaj qilish serxarakat o`yinlar o`ynash, ochiq xavoda sayr qilish kattalarda esa mehnat bilan dam olishni to`g’ri almashtirib turish ish vaqtida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug’ullanish lozim.
Umurtqa pog’onasining qiyshayishini barcha xillari oldini olish uchun bolalarni qaddi qomatini to`g’ri tutishga o`rgatish, tana muskullarini mustaxkamlaydigan komleks mashqlarni xar kuni bajarib turishi kerak.
YUqorida ko`rsatilib o`tilgandek kifolordoz umurtqa pog’onasida kasallik holati xisoblanmaydi bu tayanch xarakat organining fiziologik xolati bo`lib, bunda shartli refleks natijasi katta rol o`ynaydi. Bunda ichki organlarda kasalliklar vujudga kelishi mumkin.
Bu boshqacha aytganda qomatni nuqsoni xisoblanadi. Skolioz esa kasallik bo`lib, bunda ichki organlarda kasalliklar vujudga kelishi mumkin. Bu boshqacha aytganda qomatni nuqsoni xisoblanadi. Skolioz esa kasallik bo`lib bunda ichki organlarda ham xar xil o`zgarishlar sodir bo`ladi, bu faqat nuqson bo`lmay kasallik holati hamdir, skoliozni 4-ta darajasi mavjud bo`lib uning bu darajalari umurtka pog’onasi suyaklari o`z o`qi atrofida buralish natijasida sodir bo`ladi, uning 1-darajasi bu bo`rilish 10 gradusda ortmaydi, 2-darajasi 30-gradusgacha, 3-darajada 30-60 gradusgacha va 4-darajasida 60 gradus va undan oshish mumkin skoliozni 1-2 darajalarini maxsus davolovchi mashqlar orqali davolash mumkin, ammo 3-4 –darajalarini davolab bo`lmaydi, chunki bunda kuchli potalogik o`zgarishlar sodir bo`ladi, faqat operattsiya yo`li bilan davolanadi. Umuman umurtqa pog’onasini qiyshayishi kasallik va etishmovchiliklarni maxsus davolovchi jismoniy tarbiya mashqlaridan foydalaniladi, jumladan to`g’rilovchi korregirlovchi simmetrik va asimmetrik to`g’rilovchi mashqlar qorin va boshqa muskullar sistemasiga to`g’rilovchi mashqlar beriladi, bularni davolashda suzish va massaj katta ahamiyatga ega xisoblanadi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling