Reja: Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari Qomat


Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari


Download 88.5 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1481645
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu . Shikastlanishlarda va tayanch-harakat apparati kasalliklaridadavolash jismoniy tarbiyasi

Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari


Xalqaro Sog’liqni Saqlash Tashqilotini bergan maalumotiga ko`ra er sharining xar beshdan bir yashovchisi bo`g’im funktsiyasini buzilishga duchor bo`lib ularda og’riq borligidan shikoyat qiladi. Bo`g’im kasalliklarim turli – tuman bo`lib asosan 2 xili mavjud: bular artrit va artrozlar. Artrit deb bo`g’imlarni shamollashiga aytiladi. Artroz deb bo`g’im to`qimalaridagi degenirativ o`zgarishlar tushiniladi. Bu birinchi navbatda tog’ayda sodir bo`ladi. Bu xar ikki holatda ham bo`g’imlarni xarakati yomonlashadi va kuchli og’riq sodir bo`ladi. Bordiyu bitta bo`g’im shamollasa manoartrit bir-qancha bo`g’im shamollasa poliartit deb ataladi Artritlar bir nechta guruxlarga bo`linadi: revmatik, yuqumli distrofik va boshqalar. Bunga bog’liq bo`lmagan xolda buning klinik ko`rishi, bo`g’imlarni shishishi og’riq asosan yurgan paytda maxalliy xaroratda oshishi bo`g’im atrofi to`qimalarini shishishi va shikastlangan bo`g’imning xarakati yomonlashuvidan iborat. Kasallikning o`tkir davrida bo`g’imni qizarishi terining maxalliy xaroratini oshishi bo`g’imda va uning
atrofida suv to`planib shish xosil bo`ladi Xarakat tufayli og’riq vujudga kelishi sababli kuchli og’riq paydo bo`lishi tufayli bo`g’im xarakati keskin yomonlashadi Kasallikning surunkali turida xarakatsizlik oshib boradi bo`g’imlar qo`pollashadi va suyakni dag’al o`sishi vujudga keladi va muskul kichiklashishi vujudga keladi. Bo`g’im kasalliklaida davolash jismoniy tarbiyasini qo`llashning maqsadi bemorning umumiy axvolini yaxshilash tayanch-xarakat organlari boshqa sistemalari ishini yaxshilashdan iborat. YArim o`tkir va surunkali davrlarida zararlangan bo`g’imlarni og’ritmasdan oxista xarakatchanligini buzilishini yo`qotish, yurak tomir, nafas va organizmning boshqa sistemalari ishini yaxshilashdan iborat. YArim o`tkazkichlardan foydalaniladi. Oyoq bo`g’inlari zararlanganda bemorni keyinchalik yurishga tayyorlash maqsadida orqa muskullari boshli muskullar elka soxasi muskullarini mashq qiladi. Keyinchalik yurish mashq qilinadi. To`g’ri qadam tashlashga o`rgatiladi. Revmatik artritlarda davolash jismoniy tarbiyasi o`tkir xodisalari yo`qolgandan 6 oy keyin buyuriladi va yurak klapanlari zararlanishi paydo bo`lishi mumkinligi sababli bunga moneylik qiluvchi xodisalarning bor –yo`qligiga qarab ish tutiladi. Sekin sur`atda bajariladigan mashqlardan boshlanadi va ularni muskullarga kuch bermasdan bajariladi.
Gimnastikani isitish, suv muolajalari va massaj bilan qo`llanishi yaxshi samara beradi.
Bo`g’im kasalligi keng tarqalgan bo`lib, og’ir sub’ektiv belgilar va funktsiyalarni buzilishi bilan o`tadi. Bu kasallik tufayli inson ish qobiliyatini yo`qotadi va nogiron bo`lib qoladi. Bo`g’in harakatini kamayib qolishi vaqtinchalik va doimiy bo`ladi.
Davolash mashqlarini bu kasallikdagi vazifasi quyidagicha:

  1. Bo`g’inlar harakatini tiklash va uning keyingi buzilishini oldini olish maqsadida zararlangan bo`g’imga ta’sir qilish.

  2. Muskul sistemasini mustahkamlash va ish qobiliyatini oshirish, bo`g’imlarda qon aylanishini yaxshilash, muskullarda atrofiya va gipertrofiyani oldini olish.

  3. Bog’lam apparatiga davolovchi ta’sir ko`rsatish.

  4. Uzoq vaqt harakatsiz holatda bo`lishlik asoratlarisha qarshi kurashish.

  5. Og’riq sezgilarini kamaytirish, harakatlangan bo`g’imlarni miqdoriy yuklamalarga moslashtirish.

  6. Metereologik omillar o`zgarishiga nisbatan organizmning sezgirligini kamaytirish, chiniqqanlik, trenirovka qilganlik va umumiy mehnat qobiliyatini oshirish kabilardan iborat.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling