Reja: Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2


MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR MEHNAT FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI


Download 80.06 Kb.
bet9/16
Sana22.06.2023
Hajmi80.06 Kb.
#1647506
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Reja Bolalikni davrlarga ajratish muammolari 2

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALAR MEHNAT FAOLIYATINING XUSUSIYATLARI.


REJA
1. Maktabgacha yoshda mehnat elementlari
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg‘ulotlari
Bolalarning mehnat mashg‘ulotlari asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘tkazgan suhbatlari orqali mehnatning inson hayotidagi ahamiyati, kattalar mehnati haqida tushunchalarni egallaydilar. Bolalar tarbiyachining savollari bilan o‘z ota-onalarining qayerda, kim bo‘lib ishlayotganliklarini, qanday mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etayotganliklarini bilib oladilar. Ana shunday suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalarni (dastro‘molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig‘ishtirib, supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarmehnatining natijasiga emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterligidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning mehnatlariga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalar bajaradigan ishni kattalarning o‘zlari birpasda qilib qo‘yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqmaydi. Sharq xalqida bir maqol bor: «Bolani ishga buyur, ketidan o‘zing yugur». Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklarini kuzatib turish kerak, degan ma’noni bildiradi. Kichik yoshdagi bolalarda hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki aniqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib, singdirib yuborishlari mumkin.
Ana shunday «falokat» yuz bergan paytda bolani «Anqov, merov, ko‘zingga qarasang bo‘lmaydimi?» deyish yoki urish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish kerak. Kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar birgalikda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxonlarni yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqadi. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.
Bolalar bunday mehnatda jon-u dili bilan qatnashadilar. O‘rta va katta guruh yoshidagi bolalarga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularda mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun imkoniyat yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha uchastkasida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini ushunadi. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yordamlashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama jismoniy, psixik, estetik, axloqiy tomondan rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning qurish-yasash mashg‘ulotlari ularning kuzatuvchanligi va tafakkurining rivojlanishida alohida ahamiyatga egadir. Qurish-yasash o‘yinlari hamisha ma’lum maqsadga qaratilgan o‘yinlar bo‘lib, bolalardan murakkab o‘quv, malaka va bilimlarni talab qiladi.Qurish-yasash o‘yinlarida bolalar turli narsalarning detallari (ya’ni ayrim qismlari) faqat tashqi tomondangina emas, balki ichki tomondan ham o‘zaro uzviy bog‘liqligini bilib oladilar. Odatda biron narsani qurish-yasashga kirishishdan, ya’ni konstruksiyalashdan oldin uni sinchiklab qarab chiqiladi va diqqat bilan idrok qilinadi. Undan so‘ng kerakli qismlarni to‘plab ishga kirishadilar. Qurish-yasash o‘yini rasm chizish yoki applikatsiyaga nisbatan bolalardan butunlay boshqa malaka va o‘quvlarni talab qiladi. Shuning uchun qurish-yasash ishlari bilan bolalar juda qiziqsalar ham ilk yoshdagi bolalar bu ishning uddasidan chiqa olmaydilar. Ularga ayrim malakalar, epchillik, tajriba yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalar yog‘och va taxtachalarni ustma-ust qo‘yib, ko‘prikka o‘xshagan narsalar yasashdan nariga o‘ta olmaydilar. Kattaroq yoshdagi bolalar esa rasmga (andazaga) qarab turli narsalar yasashni uddasidan chiqa oladilar. Odatda qurish-yasash faoliyatining quyidagi turlari farqlanadi: andazaga qarab qurish-yasash; b) ma’lum shartlar yoki ko‘rsatmalar asosida qurishyasash; d) tasavvurlar asosida qurish-yasash. Qurish-yasash ishlari bilan bolalar yolg‘iz o‘zlari va jamoa bo‘lib shug‘ullanishlari mumkin. Har ikki holda ham qurishyasash faoliyati bolalarning idrokini, diqqati, kuzatuvchanligini, xotirasini hamda tafakkur qilish jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. Tarbiyachilar qurish-yasash o‘yinlarini tashkil qilishda bolalarga ko‘rsatma va yo‘llanma berishi kerak. Kattalar bolalarning ishini baholashi, boshqa bolalarni ish jarayoni va natijasi bilan qiyoslashi, bolani o‘z harakatlarini to‘g‘ri nazorat qilishiga va o‘z bilim va imkoniyatlarini baholashiga sabab bo‘ladi. Bajarilgan o‘quv topshirig‘iga nisbatan bolalarda o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalari yuzaga keladi. Ko‘p hollarda maktab yoshiga yaqinlashgan bolalar o‘zlari istamagan holda, oson tuyilgan topshiriqlarni bajaradilar, va bola nuqtayi nazaridan qaraganda, erishilgan bilim va qobiliyat darajasiga mos keladigan natijalarga intiladilar.

Download 80.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling