Reja: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish
Download 23.48 Kb.
|
1 2
Bog'liqmustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalangan adabiyotlar
2. Mustaqillik davrida boshlangich matematika o‘qitish
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning "Talim-tarbiya va kadrlash tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida"gi farmonida va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Talim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da talim tizimini nazorat qilish va shakllantirishga katta etibor berilgan. Bu hujjatlarda ko‘rsatilishcha talim tizimida boshlangich talim eng asosiy, tayanch manba bo‘lib hisoblanishi qayd qilingan. Boshlangich sinf o‘quv dasturini, darsliklarini qayta tuzib chiqish, boshlangich sinf o’qituvchilarini qayta tayyorlash, o‘qitish sifatini oshirishga etibor berilgan. 1-4 sinflardagi talimning turi boshlangich talimni qamrab oladi, hamda o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umum-madaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviy axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‘lish va kasb tanlashni shakllantiradi. Olimlarning fikriga ko‘ra normal rivojlangan bolalarni 6 yoshdan maktabga qabul qilish ularning aqliy, ruxiy va jismoniy kamolotiga, o.quv dasturlarini yaxshi o‘zlashtirishida ijobiy samara beradi. Ayni zamonda bolalarni 6 yoshdan o‘qishga jalb etishda ularning har biriga alohida yondoshish, birinchi navbatda ularning salomatligi va zehni, shuuri qay darajada shakllanganligi etiborga olinishi lozim. Shu bilan birga mutaxassislar o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalarimizning 10-30 % yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra hozirgi kunda 6 yoshdan maktabga yuborishga tayyor emas. Ayniqsa, bu hol qishloq sharoitida o‘sayotgan bolalarning taxminan 50 % iga tegishlidir. Jismonan va aqliy tomondan ham to‘liq shakllanmagan bolalarning 6 yoshdan maktabga majburan qabul qilinishi, ularning o‘qish davomida o‘z ojizligini sezishi va qiynalishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilarni nazarda tutib, bolalarning jismoniy va aqliy yetukligini etiborga olgan holda ularni 6-7 yoshdan qabul qilish maqsadga muvofiqdir. "Talim to‘g‘risida"gi yangi 2020 yildagi qonunning 12-moddasida "Boshlang‘ich talimning umumiy o‘rta talim olishi zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi" -deyilgan. 0 ‘zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek va boshqa ko‘plab allomalar ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin, o 'z farzandlarining savodli bo'lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq maktabga o'qishga berganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar. Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan. Chunonchi, XX asrning 20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi. Kompleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizimi buzildi: grammatik, orfografik ko'nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o'rgatishda yaxlit so'z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitiksintetik ishlar ta ’minlanmadi, puxta, to'g'ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmadi. Keyinchalik 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „Boshlang'ich va o'rta maktab haqida“gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan „Boshlang'ich va o 'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida“gi qarorlar yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklami bartaraf qilishda va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va o'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitiksintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil o'rgatishga, o'quvchilaming har tomonlama savodli bo'lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi. O'quvchilar va o'qituvchining o'quv mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo'lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi. O'tgan asrning 50—70-yillari mobaynida boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi sohasida anchagina qo'llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o'qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O'zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o'zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o'qituvchilarning ommaviy ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta ’sir ko'rsatdi. O'sha davrdagi jurnallarda o'nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi. Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a ’zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta ’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilaming o'zaro munosabati, his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki, ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug' pedagogligi ham ana shundadir"5, — deydi u. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rganishga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili darslarida ongli o'qish va savodli yozishga o'rganadilar, og'zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko'nikma-malakalar (nutq, o'qish va yozishga oid malakalar) o'quvchilaming o'quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O'quvchi o'qish ko'nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o'zining ona tilini o'rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili boshqa fanlami o'qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi. Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir o'quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar hamda o'quvchilaming ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni elementar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikmalarni malakaga aylantirish. 3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash. 4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. 5. O'quvchilarni o'qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiyommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga qo'yilgan asosiy talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar. Foydalangan adabiyotlar: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 3- fevraldagi F- 22- son “Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi 2. Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim toʻgʻrisidagi qonun. 2020-yil 19-may. 3. S. Alixonox Matematika oʻqitish metodikasi, Choʻlpon nashriyot matbaa uyi, 2011-yil. 4.M. E. Jumayev,Z.Gʻ. Tadjiyeva. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi, Toshkent- 2005. Download 23.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling