Reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik bilimlarini egallashida jo’g’rofiya maydonchaning tutgan roli. Jo’g’rofiya maydonchasining jihozlari va unda o’quvchilar amaliy ishlari. O’quv – tajriba maydonchasini tashkil etish va uning
O’qituvchining topshirig’iga muvofiq rasmlar tanlash
Download 33.15 Kb.
|
Jug`rofiya maydonchasi
1. O’qituvchining topshirig’iga muvofiq rasmlar tanlash. Chunonchi, 5-sahifada topshiriq berilgan: «Rasmni ko’ring. Qaysi rasmda o’quvchi qo’lini to’g’ri ko’targan?» Alternativ (qarama-qarshi) topshiriqlarning kiritilishi bolalarning bir necha variantlardan to’g’risini tanlab olishlari uchun zarurdir, bunday ishlar topshiriqni murakkablashtiradi, unga qiziqishni oshiradi (17-, 28- va boshqa sahifalarga qarang). Pastda har qaysi rasmga doiracha chizilgan. Agar sur’atdagi vaziyat bolalar ishining to’g’riligini aks ettirsa, doiracha yashil qalam bilan bo’yab qo’yiladi.
2. Rasmlarning munosabatdoshligi. 8-sahifada shunday topshiriq berilgan: «Rasmlarni qarab chiq. Bu barglar qaysi daraxt va bo’talarniki? Barg va unga tegishli mevalar yonidagi doirachalarni bir xil rang bilan bo’ya». 12-sahifada ham shunga o’xshash topshiriq bor. 3. Jarayonlarning izchilligini aniqlash. 22-sahifadagi topshiriq esa quyidagicha: «Rasmni qarab chiq. Unda qanday predmetlar aks ettirilgan? Svetoforning qaysi signali yonayapti? Maktab o’quvchilarining yo’lini strelka (ko’rsatkich) bilan ko’rsat». Shunga o’xshash topshiriqlar 23-, 24-, 25- sahifalarda ham bor. 4. Rasmlarni ular mazmunini tahlil qilish bilan bo’yash. 11-sahifa. «Rasmni qarab chiq. Qanday dala tasvirlangan? Shu dalada o’sayotgan o’simlik nima deb ataladi? O’simlikning qismlarini aytib ber». 40-41-sahifalar. «Hashoratlarni ko’rib chiq. Ularning nomlarini ayt. Sen ularni qayerda ko’rgansan? Ular nimalar bilan oziqlanadi?» Bu hayvonlardan olinadigan mahsulotlarning rasmini chizing. 22-sahifa. «Svetoforni shartli ranglar (sariq, qizil, yashil) bilan bo’ya, toki birinchi holat yurishning man qilinganligini, ikkinchisi diqqatni, uchinchisi yurishga ruxsat berilganligini ko’rsatsin».
Darslikdagi xilma-xil topshiriqlarni bajara borib, bolalar kuzatishga, taqqoslashga, o’xshashlik va farqlarni anglashga o’rganadilar. Ba’zi topshiriqlar bolalarning ijodiy ishlarini nazarda tutadi. Bu ishlar har bir konkret darsning ta’lim-tarbiya vazifalarini hal qilish bilan uzviy bog’liqdir, dasturning asosiy bo’limlarini o’zlashtirishga yordam beradi, o’qitish jarayonida bolalarning umumiy rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Sinfda, maktabda va jamoat joylarida xulq-atvor madaniyati; yo’l harakati, ko’chadagi, transportdagi xulq-atvor qoidalari; har xil kasbdagi kishilarning mehnati bilan tanishish; tabiatga insoniy munosabatda bo’lish kabi mavzular butun kurs davomida o’tiladi. Kun tartibi, shaxsiy gigiyena, maktab va uyda xulq-atvor madaniyati masalalari darslikda maxsus o’rinni egallaydi. Chunonchi, 4-, 7-sahifalarda 1-sinf o’quvchilarining kun rejimini aks ettiruvchi sur’atlar, shuningdek to’g’ri o’tirish va qaddi-qomat, odam tanasining qismlari, pardoz (yasan-tusan) buyumlari ko’rsatilgan rasmlar keltirilgan. Maktabda (darsda, tanaffusda, oshxonada) yurish-turish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo’lish qoidalarini bilganliklarini 4-, 14-, 15-, 18-, 19-, 21- va boshqa sahifalardagi topshiriqlardan foydalanib tekshirish mumkin. Darslikda, shuningdek o’qituvchiga bolalar bilan jonajon mamlakat, mashhur sanalarga bag’ishlangan mavzular bo’yicha qisqacha suhbatlar o’tkazishga yordam beruvchi topshiriq va ko’rgazmali vositalar ham bor. Material bunday suhbatni ancha tushunarli va qiziqarli bo’lishiga imkon beradi. 14-, 30-, 36-, 50-, 52-sahifalardagi rasmlar bo’yicha o’qituvchining savollariga bolalarning o’zlari javob berishlari mumkin. Darslikdagi odamlar mehnatiga bag’ishlangan ko’pgina rasmlar (5-, 14-, 35-, 37-sahifalar) dan o’qituvchi jonajon shahar (qishloq) da ishlovchi turli kasb egalarining mehnati haqida hikoya qilayotganda foydalanishi mumkin. Ob-havo kalendari bilan ishlashga kirishishda o’qituvchi bolalarni shartli belgilar bilan tanishtiradi, 65-sahifadagi yog’in, isish va sovush bilan bog’liq holda tabiatdagi o’zgarishlarni xarakterlovchi sur’atlar bo’yicha suhbatlar o’tkazadi. Shuningdek, har bir oyning xususiyatlarini xarakterlovchi ko’rgazmali vositalar mazmuni bo’yicha suhbat o’tkazish zarur. Bolalar u yoki bu oyga xos tabiat xususiyatlari bilan tanishadilar.
Download 33.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling