Reja: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik bilimlarini egallashida jo’g’rofiya maydonchaning tutgan roli. Jo’g’rofiya maydonchasining jihozlari va unda o’quvchilar amaliy ishlari. O’quv – tajriba maydonchasini tashkil etish va uning


Kuzgi - qishki davrda chumchuqlarni kuzatish


Download 33.15 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2023
Hajmi33.15 Kb.
#1189705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jug`rofiya maydonchasi

Kuzgi - qishki davrda chumchuqlarni kuzatish:

1. CHumchuqlar qaysi qushlardan qo’rqadilar? Qaysi qushlar


bilan dalada oziqlanadilar?

2. Chumchuqlarning yomg’irda, ko’lmak suvlarda cho’milishi.

3. Chumchuqlar yilning qaysi vaqtida baland ovoz bilan
tolmasdan chiriqlaydilar va qachon tinch qoladilar?

4. Chumchuqlar qayerlarda yashaydilar?

5. Chumchuqlarning har kuni muayyan soatda va muayyan joyda
boqing. Ular shu vaqtda ovqatlangani keladilarmi? Kuzating.

Kuzgi-qishki davrda zog’chalarni kuzatish:

Bizning joylarda zog’chalar qachon paydo bo’ladilar?

Zog’chalar qayerlarga va nimalardan uya quradilar? Uya qurish uchun materiallarni qayerlardan oladilar?

Bir daraxtning o’zida nechta zog’cha uyasi borligini sanab chiqing.

4. Yosh zog’chani qarisidan farq qilish mumkinmi?
Mustaqil kuzatishlar o’tkazish oldidan o’quvchilarni maqsadga yo’nalgan kuzatish va taqqoslash yo’li bilan qushlarni bir-biridan farq qilishga o’rgatish kerak.

Keyin predmetli dars o’tish, unga «O’lkamiz qushlari» jadvallarini, zog’cha va chumchuq tulumini tayyorlash kerak. O’qituvchi qushlarni diqqat bilan qarab chiqishni, ularning katta-kichikligiga e’tibor berishni, tumshuqlari, patlari, oyoqlarini taqqoslashni taklif qiladi. Shundan keyin o’qituvchi har xil tipdagi qush uyalari (so’pi-turg’ay, zog’cha, hakka, qaldirg’och, chittak) ni ko’rsatadi, darsda o’rganilayotgan qushlar uyasini alohida namoyish qiladi va bu uyalarning boshqa qushlar uyalariga o’xshashligi va farqlarini ta’kidlaydi.

Bahorda 1-sinf o’quvchilari tabiat va jonli tabiat burchagida qush va hashoratlarni kuzatishni davom ettiradilar. Kunning ilishi, yosh barg va g’unchalarning paydo bo’lishi bilan boshlagan g’umbakdan chiqqan hashoratlarning uchishlarini kuzata boshlaydilar. O’qituvchi ba’zi hashoratlarning o’simliklarga zarar, ba’zilarining foyda keltirishlarini tushuntiradi, zararli qo’ng’izlar hamda g’umbaklarni yo’qotishda qushlarning o’rni kattaligini ta’kidlaydi. O’quvchilar g’umbak va qo’ng’izlar o’simliklarga keltirgan zararlarini kuzatish, tasdiqlash uchun hashoratlar kemirgan o’simliklar bargi va o’simliklarni yig’ish topshirig’ini oladilar.

Bu davrda bolalarning kelib - ketuvchi qushlar to’g’risidagi tasavvurlari kengayadi va aniqlashadi: bahorda issiq mamlakatlardan pushti maynalar, uzunqanotlar uchib keladilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida janubdan uchib keladigan turna, g’oz, o’rdaklarni kuzatadilar. Tashqi ko’rinishini va xulq-atvoriga qarab kelib-ketadigan qushlarning farqiga borishga, qushlar shovqini orasida pushti mayna, chumchuq, musicha va boshqa qushlarning ovozlarini tanib olishga o’rganadilar.

Darslikda metodik tavsiyalar ilova qilingan, ularda rasmlar bilan ishlash uchun topshiriqlar keltirilgan. Kitobda kompleks tarbiyaning asosiy vazifalari aks ettirilgan. Bular: odamlar mehnati, bizning o’lkamiz, oila, bizning vatanimiz va boshqa mavzulardir. Darslikning asosiy mavzu yo’nalishi odamning tabiat bilan o’zaro aloqalari, odam mehnatining tabiatdagi ahamiyati, tabiatda o’zini tutish qoidalaridir.

Darslikdagi ishlar o’quvchilar faoliyatining ushbu turlarini nazarda tutadi:




Download 33.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling