Bozorning vazifalari
Rag’batlantirish
|
Tartibga solish
|
Nazorat qilish
|
Narxni tashkil qilish
|
Vositachilik
|
Integratsiyalash
|
↓ ↓ ↓ ↓ ↓ ↓
↓ ↓ ↓ ↓
Iqtisodni sog’lomlashtirish
|
|
Ахборот бериш
|
|
Tejamkorlik
|
|
Bozor sub‘ektlarining manfaatlarini ruyobga chiqarish
|
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashda asosiy mezonlarga asoslaniladi:
a) bozorning yetuklik darajasi;
b) sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;
v) bozor sub‘ektlari xususiyatlari;
g) bozor miqyosi;
d) iqtisodiy aloqalar tavsifi.
Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi.
Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovari tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq ko’llaniladi.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bar turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, ya‘ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi.
Narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozor - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
mahalliy bozorlar (Qarshi, Surxandaryo, Samarqand, Pekin, Moskva bozorlari);
milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Moldaviya va boshqalar);
xududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozor, G’arbiy Yevropa bozori)
jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra бозорлар quyidagi turlarga bo’linadi:
- iste‘mol tovarlar va xizmatlari bozori,
- ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori,
- valyuta bozor va fond birjalari,
- ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Do'stlaringiz bilan baham: |