Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana24.01.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1117238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ochiq dars materiali

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik 
yoki salbiy jihatlari ham mavjud: 
- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish 
mexanizmining mavjud emasligi; 
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi; 
- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi; 
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning 
yo’qligi; 
- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning pasayishi va inflyastiya 
jarayonlarining mavjudligi. 
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari. 
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, 
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha 
mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. 
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan 
farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’pincha bu ikki tushunchani bir 
xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki 
ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti 
shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib


ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor 
iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida 
rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil 
etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. 
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab 
chiqarish, 
ayirboshlash
, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga 
oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling