Reja: Bozor tushunchasi va uning vazifalari


Erkin va monopollashgan bozor


Download 91.5 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1194536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1355648560 41161

Erkin va monopollashgan bozor


Iqtisodiyotnnng o`zi tarixan turli shakllarda mavjud bo`lgani kabi Bozorda haridor va sotuvchining mavqei ham o`zgarib boradi. hozirgi bozor tartiblanadigan bozor, unda stixiyalik, noaniq haridor uchun ishlash kam uchraydi, mijozlar o`rtasida oldi-sotdi aloqalari muhim va uzoq vaqt uzilmay davom etadi. Bozorga tovarlarni tavakkalchilik bilan etkazish ham kam uchraydi. Tovar chiqarishdan oldin bozor puxta o`rganiladi, nimani, qancha etkazib berish belgilab olinadi. Ammo bozorda ma`lum darajada noaniqlik saqlanib qoladi. Chunki, haridor va sotuvchi mustaqil bo`lib, nima qilishni o`zlari hal etishadi, ularning maqsad va o`y-xayollari turlicha, lekin bozor tartiblangani bois beboshlik bo`lmaydi. Ilgarilari bozor asosi tartibsiz bo`lgani uchun unda noaniqlik hukm surgan, narx-navoning qanday bo`lishi, nimaning bozori chaqqon, nimaning bozori kasod bo`lishini oldindan payqab bo`lmagan. Bunday bozorning sarqitlari hozir ham bor. Bunga misol qilib O`ebekistondagi dshqon bozorlari va buyum bozorlarini, ayrim do`konlarni olish mumkin. Bu erda ish yurituvchilar aniq mo`ljalga ega bo`lmasdan, bozor o`zgarishlarini oldindan bilmasdan savdo qiladilar. Bunday bozor o`rniga tartiblangan, madaniy bozor kelishi muqarrar. Eng demokratik bozor bu erkin boeordir.
Erkin bozor deganda haridorlar ham, sotuvchilar ham ko`p bo`lib. ulardan hsch biri monopoliya mavqeiga ega bo`lmay. bir-birini tezda topa oladigan, raqobat to`la-to`kis hukmron bo`lgan, narxlar erkin savdolashuv asoslari shakllanadigan bozor tushuniladi.
Keltirilgan ta`rifdan ko`rinib turganidek. erkin bozorda haridor va sotuvchi munosabati biron bir tazyiqsiz, iqtisodiy tanlov asosida vujudga keladi, ular orasida murosa mavjud bo`ladi. Erkin bozorga misol qilib O`zbskistondaga qishloq xo`jalik mahsulotlari bozorini ko`rsatish mumkin. Bu bozorda millionlab kishilar haridor, sotuvchilar esa davlat xo`jaligi, jamoa xo`jaligi, fermer xo`jaligi, minglab tomorqa xo`jaligi va dala hovli sohiblaridir. Bu erda kim nimani sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda savdo qilish yuqoridan turib belgilanmaydi, buni bozorning o`zi hal qiladi.
Erkin bozorda haridor va sotuvchilarning tanlovi ularning saralanishiga va ulardan kuchlilarining monopol bozorni tashkil etishiga oaib keladi. •
Monopol bozor deb ozchilik haridorlar va sotuvchilar : hukmron bo`lgan, monopol narx o`rnatilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo`lmaydigan bozorga aytiladi.
Monopol bozorning o`zi uch xil bo`ladi: Monopol raqobatli bozor son jihatdan ko`p bo`lmagan, bozorga bir xil, o`xshash yoki o`rinbosar tovarlar chiqaradigai firmalar qo`lida bo`ladi, ular o`zaro raqobat qiladilar. Bunga misol kilib O`zbekistondaga kiyim-kechak bozorni olish mumkin. Bu erda asosan 8 ta firma mahsulot chiqaradi, lekin ular nafaqat o`zaro, balki tovari O`zbskistonga kirib kelgan xorij firmalari bilan ham bellashadilar.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling