Reja: Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi


Download 11.42 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi11.42 Kb.
#1360320
Bog'liq
BUDDAVIYLIK.-WPS Office


BUDDAVIYLIK.
Reja:

1. Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.

2. Buddaviylikning muqaddas manbaalari.

3. Buddaviylikdagi oqimlar. Buddaviylikning bugungi qiyofasi.

Buddaviylik ta’limoti. Budda shaxsi.

Buddaviylik jahonda keng tarqalgan 4 asosiy dinlarning biri (Zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik va Islom) bo’lib, bu jahon dinining atalishi, uning asoschisi Budda nomidan olingan.


Buddaviylik dining asoschisi bo’lgan Budda (sanskritcha “Buddha”) nomining ma’nosi “ziyolangan”, “oliy haqiqatga erishgan” bo’lib uning asil ismi Sidhasa Gautama bo’lgan (“Nekqadam-xushqadam” degan ma’noni beradi). Laqabi Sidhardtha “dili ravshan” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotlarda u Siddhartha Gautama deb tilga olinadi.
Budda Shimoliy Hindistondagi Gang daryosining o’rta oqimi (Nepal yaqinida) joylashgan Kapilavasti mamlakatining hukmdori Shak’ya qabilasidan kelib chiqqan Gautamalar sulolasining davomchisi Shudhodananing valiahdi bo’lgan. Onasi Maya u hali go’dakligidayoq vafot etib ketgan. Budda miloddan oldingi 623-yilda Kapilavasti mamlakatining Lumbini shahrida (Shimoliy Bengaliya) tug’ilib, 543-yilda 80 yoshida vafot etgan.
Shahzoda Sidhasa (Siddharta) voyaga yetgach, har qanday mavjudlik, hayot azob-uqubatlardan iborat ekan, degan xulosaga kelgan. Otasi uni 16 yoshida shu yoshdagi xolasining qizi Yashodharaga uylantirgan. Siddharta Gautama kishilar boshiga tushadigan kulfatlar sababini o’rganish va ularni bundan qutqarish maqsadida, 29 yoshida oilasini-xotini va o’g’lini qoldirib saroyni tark etadi. Olti yil uzlatga chekinib, tarki dunyo qilib, o’rmonga borib yashaydi va diniy, falsafiy kitoblarni o’qiydi, brahmanlikdan yuz o’girib, yangi ta’limot yaratishga urinadi.
Nihoyat, 35 yoshida unga haqiqat ayon bo’ladi va u bilim nuridan ziyolanadi. Shundan keyin u xalqqa “Haqiqiy bilim” topganini e’lon qiladi va Shak’ya-Muni Budda (uyg’ongan, nurlangan, haqiqatga-oliy maqomga erishgan) degan nom oladi.

Shak’ya-Muni Budda (Siddharta Gautama) o’zining ta’limotini dastlab Banorasda, keyinchalik umrining oxirigacha-45 yil butun Hindistonda targ’ib qilib yuradi.Buddaviylik tarixi 2500 yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Unga dastlab brahmanlik va jayniylikning ta’siri kuchli bo’lgan.


Buddaviylar 1956-yili o’z dinlarining 2500 yilligini tantanali nishonlaganlar.
Buddaviylik miloddan avvalgi 268-231-yillarda podshoh Ashoka davrida Hindistonning rasmiy diniga aylandi va Shri-Lanka, Indoneziya, Tibet, Xitoy, Koreya, V’etnam, Yaponiya, Tailand, Kambodja, Laos, Nepal, Buryatiya, Qalmoq, Tuva va boshqa Sharq mamlakatlariga tarqaldi. Hozirgi kunda bu dinga 86 mamlakatning 700 million kishisi e’tiqod qiladi.
Budda o’z ta’limotining asosiy qoidalarini “To’rt oliy haqiqat” shaklida bayon etgan. Ular quyidagilardir:

1) azob-uqubat mavjud, ya’ni turmush azob uqubatlardan iborat;

2) azob-uqubatlarning sababi bo’lgan istak nafs mavjud;

3) azob-uqubatlarning tugashi, ya’ni nirvana mavjud, shuning uchun kishilar, azob-uqubatlardan xalos bo’lishni istasalar, o’zlarining istak, orzu va nafslarini jilovlab olishlari kerak;

4) azob-uqubatlarning tugashiga olib keladigan 8 bosqichli yo’lga amal qilmoq kerak.
Uning shogirdlari yer yuzida birinchi monarxlik jamoasini tashkil etganlar. Uni qadimgi hind an’analariga ko’ra, Buddaning jasadini o’tda kuydirganlar. Buddaviylik dinining muqaddas kitobi - “Tripitaka” (Uch savat donolik) deb ataladi. Rivoyatlarga ko’ra, Siddharta uch savat ta’limot qoldirgan. Bular:

1) Vinoyaptika (ahloqiy normalar);

2) Suttapitaka (duolar);

3) Abxidxammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni)lardir. Buddaning izdoshlari yer yuzida rohiblik jamoasi bo’lmish “Sangha”ni tashkil etganlar. O’tgan asrlarda Sangha “Oliy haqiqatga” erishgan ko’plab avliyolar jamoasi bo’lgan.


Sangha jamoasiga qabul qilingan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi:

1) hech kimni, hech narsani hayotdan judo qilmaslik;

2) yolg’on so’zlamaslik, vaysaqilik qilmaslik, vaysaqilik jahondagi barcha dinlarda qoralanadi va man etiladi;

3) o’g’irlik va birovning haqiga xiyonat qilmaslik;

4) jinsiy aloqa qilmaslik, uylanmaslik;

5) mast qiluvchi ichimliklar ichmaslik;

6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqatlanmaslik;

7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan bezanmaslik;

8) ommaviy ko’ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida hamqatnashmaslik;

9) baland va yumshoq o’rinda yotmaslik;

10) pul ishlatmaslik .
Buddaviylik ta’limoti mohiyatan barcha jonli narsalarga muhabbat bilan qarashni, aql farmoniga bo’ysunishni targ’ib qiladi. Hozirgi buddaviylar ham, ularning ko’z oldida biron-bir kishi biron-bir jonivorni o’ldirsa yoki birorta katta daraxtni kesib tashlasa, qattiq g’azablanishadi.

Budda Xudo-Halloqning mavjudligini hamda Vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha keraksiz serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.

Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, Borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan bitgani azob-uqubat deb hisoblaydi.
Jannat to’g’risidagi ta’limoti oddiy dindorlar uchun nirvanaga qaraganda ancha tushunarli va jozibador edi.

Maxayana tarafdorlari xudosiz yoki xudolarsiz din xalq ommasiga tushunarsiz bo’lishini aniq hisobga ola bilganlar. Buddaviylik dastavval xudosiz din edi. Shuning uchun ham ular buddaviylik asoschisi - Gautama-Buddani xudo deb e’lon qilganlar. Shunday qilib, maxayanachilar uchun Gautama - Budda donishmand ustozdan xudoga aylangan. Asta-sekin Buddaga sig’inish qaror topgan. Buddaning ulkan tasviri tushirilgan ibodatxonalar qurilgan. Ammo Gautama yagona Budda emas. Bunday Buddalar Maxayanada 1000 tadir. Ularning Siddharta, ya’ni buddaviylikning asoschisi; Mautreya - kelajak Buddasi, u kelgusida dunyoni boshqarayotgan hozirgi Buddaning hukmdori.


Maxayananing hozirgi davrdagi eng muhim ko’rinishi - bu lamaizmdir. Tibet, Mongoliya, Xitoy, Nepal, Hindistonning ayrim joylarida, shuningdek, Buryatiya, Qalmiq, Tuva respublikalarida ham keng tarqalgan.

Lamaizm XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Tibetda vujudga kelgan (tibetcha “lama” - eng ulug’, oily budda rohibi, rohib).

Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, lamalarsiz oddiy bandalar jannatga tushib nirvanaga yetishish u yoqda tursin, shunchaki bu dunyoga qayta kelishda ham hech narsaga erisha olmaydilar.
Buddaviylik dinining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

1. Har oyda 2 marta “Tiyilish marosimi”ni o’tkazadilar. Marosimda buddaviylik aqidalari takrorlanadi. Shunungdek, rohiblar lunyoviy odamlar ustidan suv sepadilar ular esa yerga suv sepadilar.

2. Boshqa dinlarda jamoaviy ibodat keng tarqalgan bo’lsa buddaviylikda yakka ibodat ma’qullanadi.

3. Buddaviy rohib va rohibalar turmush qurishmaydi.


Adabiyotlar:
11. N. F Nizomiddinov “Sharqiy Osiyo diniy falsafiy ta`limotlari va islom” Toshkent. “Zarqalam” nashriyoti 2006 yil

12. Радугин А.А. Введение в религоведение. М. 1996 год.

13. Jo’rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. Тoshkent, 1998 yil.

14. Мен А. История религии. М., 1994 год.

15. Основы религиоведения. Учебные пособие для студентов высших учебных заведений под общ. Ред. И.Н.Яблокова. М., 1995 год.

16. Религиозные традиции мира. Буддизм, иудаизм, христианство ислам. Справочник школьника. Бишкек.1997.


Xulosa
Budda Xudo-Halloqning mavjudligini hamda Vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha keraksiz serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.

Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, Borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan bitgani azob-uqubat deb hisoblaydi.
Download 11.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling