Reja: Budjet hisobining predmeti


Download 18.83 Kb.
bet1/4
Sana18.09.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1680597
  1   2   3   4
Bog'liq
Budjet tashkilotlarida budjet hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari va huquqiy asoslari


Budjet tashkilotlarida budjet hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlari va huquqiy asoslari
Reja:
1. Budjet hisobining predmeti
2. Budjet hisobining obyektlari
3. Budjet tasnifining analitik hisobdagi ahamiyati
4. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar


1. Budjet hisobining predmeti
Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bularning hammasi davlat budjeti daromadlari o‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq bo'lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va mazkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalandagi hisobvaraqlarda budjetning pul mablag'lari, daromadlari va xara-jatlari, hisob-kitoblardagi mablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul mablag'lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi.
Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi.
Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.



Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling