Fanidan nazorati sh I (Sirtqi ta’lim talabalari uchun)
Download 160.5 Kb.
|
BYUDJET HISOBI NAZORAT ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI:____________________________________________
- TEKSHIRDI:__________________________________________ T OSHKENT-2022
- Budjet hisobining mazmuni va predmeti
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ______________________________ FANIDAN N A Z O R A T I SH I (Sirtqi ta’lim talabalari uchun)
T OSHKENT-2022 Budjet hisobining mazmuni va byudjet ijrosini amalga oshirishdagi ahamiyati Reja: 1. Budjet hisobining mazmuni va predmeti. 2. Budjet hisobining obyektlari. 3. Budjet tasnifinig analitik hisobdagi ahamiyati. 4. Davlat budjeti ijrosini amalga oshirish va byudjet ijrosi hisobini olib borishda qatnashuvchi organlar. Budjet hisobining mazmuni va predmeti Budjet hisobi byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʼzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʼgʼrisidagi axborotni toʼplash, roʼyxatdan oʼtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. Davlat budjeti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo‘naltiriladi. Bulaming hammasi davlat budjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va budjet mablag‘larining maqsadli sarfianishini taqozo qiladi. Buni to‘g‘ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgalteriya hisobigina ta’minlashi mumkin. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bog‘liq b o ‘lgan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va m azkur ijro jarayonida budjetning holatini tavsiflashni ta’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq xo‘jaligi hamma tarmoqlarining davlat budjeti bilan o ‘zaro aloqasi aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisobvaraqlarda budjetning pul mablag‘lari, daromadlari va xarajatlari, hisob-kitoblardagi mablag‘lar, budjet ijrosi jarayonida tashkil qilinadigan fondlar va zaxiralar hamda budjet tashkilotlarining moddiy qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning daromadlari, xarajatlari va pul m ablag‘lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda budjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarning moddiy qiymatliklari budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi. Mahalliy budjetlami, respublika budjetini va mamlakatning, umuman davlat budjetini daromadlar va xarajatlar bo‘yicha rejasining bajarilishini o‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet hisobining vazifasi hisoblanadi. Budjet ijrosi jarayoni-davlat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining predmetidir. Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi yordamida mamlakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi. Davlat budjeti quyidagilarni o ‘z ichiga oladi: 1) Respulika budjeti; 2) QoraqaIpog‘iston Respublikasining budjeti va mahalliy budjetlar. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari ham jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanlarga bo‘linadigan shahar budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjeti va turnan tarkibiga kiruvchi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti o‘z ichiga respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlami oladi. Bundan tashqari Davlat budjeti tarkibida Respublika yo‘l fondi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulki qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi hamda O’zbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya fondi mablag‘lari jamlanadi. Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi - Budjet ijrosi jarayonida daromadlar va xarajatlar Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazriligida 2010 yil 11 oktyabrda 2146-son bilan roʼyxatga olingan “Oʼzbekiston Respublikasi Budjet tasnifini qoʼllash boʼyicha Yoʼriqnoma” asosida tasnifi boʼyicha aks ettiriladi hamda ijrosi xaqidagi hisobotlarda ham budjet daromadlari hamda xarajatlari tasnifi boʼyicha axborotlar shakllantiriladi. Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini tizimlashdan iboratdir. Download 160.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling