Reja buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Download 29.27 Kb.
|
3.1.-мавзу
Djuzeppe Cherboni (1827-1917) - italiyalik buxgalter,
logismografiya - hisobshunoslikning original shaklini o'zida mujassamlashtirgan buxgalteriya hisobining to'liq yuridik qomusini kashf etgan. U barcha schotlami to'rtta guruhga (mulkdorlar, ma’muriyatchilar, agentlar va korrespondentlar schotlariga) bo'lgan va ulaming murakkab tabaqalanishini keltirgan. Buning natijasida hisobni sintetik va analitik turlarga . bo'lish mazmunini yo'qotgan va xo'jalik operatsiyalari haqidagi ta’limot' birinchi o'ringa chiqarilgan. Barcha operatsiyalar permutatsiya va (yoki) modifikatsiya sifatida bayon qilingan. L.Pacholi tomonidan bayon qilingan ikkiyoqlama yozuv bo'yicha hisob tizuni barcha mamlakatlarda hozirgi vaqtgacha amal qilmoqda. Lining g'oyasi «berish» va «ega bo'lish» tamoyiliga nisbatan bosh daftar «Kassa» va «Kapital» tamoyili bo'yicha tuzilishidan iborat. Boshqacha aytganda, bitta xo'jalik operatsiyasi (bitta summaning o‘zi) bir vaqtning o'zida ikkita schotda aks ettiriladi. Bir tomondan xo'jalik mablag'lari qayerga yo'naltirilganligi (ishlatilganligi), ikkinchi tomondan - ushbu mablag'lar qayerdan olinganligi (kimniki ekanligi) ko'rsatiladi. Bu buxgalteriya hisobining xo'jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv usuli bo'yicha aks ettirish tizimining asosini tashkil etadi. Italiyada buxgalteriya schotlarining turkumlanishi boshqa olimlar tomonidan ham amalga oshirilgan. Jumladan, L.Feori schotlami to'rita guruhga bo'lishni taklif etgan: kapital schotlari, nominal (operatsion) schotlar, savdo (material) schotlari va hisob-kitob schotlari. P.Skali schotlami uch guruhga bo'lishni asoslagan: xususiy (kapital, foyda va zararlar) schotlari, mulk schotlari va korrespondentlar (debitorlar va kreditorlar) schotlari. A.Petro murakkab provodka tushunchasini kiritgan bo‘lib, bunda bir necha schotlar debetlanadi va bitta schot kreditlanadi va aksincha, bir schot debetlanadi va bir necha schotlar esa kreditlanadi. Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga quyidagi italiyalik olimlar ham ulkan hissa qo'shgan. Nikolod Anastisio mablag'lar harakatlanishi ustidan qatiy nazoratni ta’minlaydigan tizimni yaratgan. . Italiyalik nazariyotchi va yurist Franchesko Villa: davr boshidan xo'jalik mablag'lari harakati ustidan nazorat o'matish va barcha daro- mad va xarajatlami ro'yxatga olishda hisobning maqsadini aniqlagan. Shuningdek, xo'jalik faoliyati faktlarini mantiqan yozishga doir ta’limot asoschisi va schotlar turkumlanishi bo'yicha yangi g'oyalami ilgari surgan mualliflardan biri Djuzeppe Cherboni. Fabio Besta - hisobni alohida korxona mablag'larini harakatga keltiruvchi iqtisodiy nazorat haqidagi fan sifatida ta’riflagan. Juzeppi Rossi (1845-1921) - italiyalik buxgalter, hisob axborotlari bir odamdan ikkinchisiga hujjatlari orqali o‘tadi, deb hisoblagan. Umumlashtiruvchi hujjat hisobot bo'lib, u boshqaruv funksiyalarining uchta - iqtisodiy (aktiv), yuridik (passiv) va ma’muriy (moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot) turini birlashtirgan holda korxonaning xo'jalik holatini aks ettiradi. Download 29.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling