Reja buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Download 29.27 Kb.
|
3.1.-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Rossiya maktabi
Irving Fisher (1867-1947) - amerikalik iqtisodchi, uning asosiy asarlari pul muomalasini tahlil qilisb va indekslar nazariyasi bilan bog'liq. U buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona xo'jalik mexanizmining muvozanatini ushlab turish uchun zarur, bunga foydani hisoblab chiqarish va uning moliyaviy natijasini baholash orqali erishiladi deb hisoblagan. Irvingning fikricha, moliyaviy holat to'g'risidagi hisobot- sabab, balans esa uning oqibatidir. Hisobchilikning barcha obyektlari xarid kuchi birliklarida ifodalangan bo'lishi lozim. Bunga baholar indeksidan foydalanish orqali erishiladi. Balans aktivi-bu korxona kapitali, uning ko'lami unga qancha mablag' qo'yilganligi bilan emas, balki u qancha. foyda keltira olishi bilan o‘lchanadi. Soliq faqat foydadan olinishi kerak, mulk solig'i ishlab chiqaruvchi kuchlaming noo'rin sarflanishini bildiradi.
Dr. Skott (1887-1954) - amerikalik sotsiolog, hisobchilik vazifasini mulkdorlar (eng awalo, aktual va potensial aksiyadorlar) manfaatlarini himoyalash va korxonada band bo'lgan shaxslar faoliyatini nazorat qilish deb bilgan. (J balans xo’jalik faoliyatining sababi, moliyaviy natija to'g'risidagi hisobot esa oqibati, chunki kapital foyda keltiradi, aksincha emas deb hisoblagan. Balans passivi - bu kapital aktivi, mol- mulklar ro'yxati; mol-mulklar ularga qancha pul to'langan bo'Isa, shuncha qiymatga ega. Skott hisobchilikning milliy slandartlarini ishlab chiqishga turtki bo'lgan to'rtta postu- lal(faraz) yaratgan (haqiqiylik, hissiyotga berilmaslik, mosla- shish va izchillik). U soliq foyda(oqibat)dan emas, kapital (sabab)dan olinishi mumkin deb hisoblagan. Robert Xayster Montgomeri (1872-1953) - amerikalik buxgalter, zamonaviy audit asoschisi. Hisob sohasida u dividendlar - bu foydaning bir qismi. korxona xarajatlari emasligini ko'rsatgan. U balans moddalarini baholashda ehtiyotkorlik (konservatizm) prinspining zarurligini asoslagan; buxgalteriya muomalalarini standartlashtirish va audit o'tkazishda hisobotda taqdim etiladigan va auditor tomonidan tekshiriladigan ma’lumotlar haqiqiy holatni yetarli darajada aks ettirishi lozimligini ta’kidlagan. U birinchi bo'lib hisob kasbi egalarining professional axloq kodeksini ishlab chiqishni taklif etgan. 6.Rossiya maktabi Rossiyada hisob Yevropa buxgalteriya maktabining ta'sirida shakllangan. Nikolay Aleksandrovich Blatov (1875-1942) - rus-sovet buxgalteri, ikkiyoqlama yozuvlami ayirboshlash qonuni asosida obyektiv talqin etish tarafdori, bu yondashuvni asoslovchi maxsus model ixtirochisi. U balanslar va buxgalteriya schotlarini to'Jaroq tasniflagan. Shuningdek, xronologik yozuv (jumal) sistematik yozuv (Bosh daftar)ga va analitik hisob sintetik hisobga qaraganda muhimroq degan fikrni asoslagan. Buxgalteriya hisobining asosi schotlar tizimidan iborat, balans inventar ro'yxatlarga emas, balki schotlar tizimiga asoslanadi deb hisoblagan. ’ Erik Karlovich Gilde (1904—1983) - ms buxgalteri, modellash- tirishni xo'jalik faoliyatini bayon qilish vositasi sifatida 6‘rgangan, xarajatlar hisobi va haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi vazifalari o'rtasidagi prinspial farqlami hamda keyingisining shartli tavsifga ega ekanligini ko'rsatgan va uni amalda qo'llashdan voz kechish haqida xulosa qilgan. Gilde barcha hisob obyektlarining axborot oqimlari bilan kirish-chiqish sxemasi bo'yicha bog'liqligini ko'rsatgan va buxgalteriya hisobini butun korxona boshqaruv tizimining asosiy vositasi sifatida o'rgangan. Download 29.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling