Reja buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishl


Download 29.27 Kb.
bet9/10
Sana02.12.2023
Hajmi29.27 Kb.
#1780173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3.1.-мавзу

7.Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishl
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, hisobning rivojlanishi har bir mamlakatning tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti kabi omillar bilan bog‘liq.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov, X.N.Musayev, A.S.Sotiboldiyev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda S.Sh.Yuldashev, A.X.Pardayev, B.A.Hasanov, A.A.Karimov, A.A.Abdug‘aniyev, O.A.Masharipov kabi olimlar ulkan hissa qo'shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy- me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoyev, T.I.Jo*- rayev, M.M.To‘laxo‘jayeva, Sh.U.Haydarov, X.A.Ortiqov, X.A.To‘x- sanov, B.Q.Abdinazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishda E.A.Akramov, I.T.Abdu- karimov, M.Q.Pardayev, Yu.M.Itkin, M.M.To‘laxo‘jayeva, D.S.Qud- biyev, N.S.Sanayev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, B.Q.Ham- damov kabi olimlaming ilmiy ishlari salmoqli o'rin tutadi.
Tijorat banklari faoliyati, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va auditi masalalari yuzasidan A.Q.Qodirov, N.F.Karimov, F.Abduvo- hidov, Z.Umarovlar tomonidan ilmiy izlanish olib borilmoqda..
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulatsiyasining ilmiy va uslubiy asoslari O.M.Jumanov, N.Yu.Jo'rayev, A.K.Ibragimov, I.Ismo- nov, A.Abdullayev, R.Xolbekov, A.Rizoqulov, A.I.Aliqulovlar asar- larida o‘z aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi bo'yicha K.B.O'rozov, B.X.Pardayev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo'rayev va boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umum- lashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo'lgan degan savolga to’rt xil javob berilib, bu to’rttala javob quyidagicha asoslanadi:

  1. 6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo’lgan faktlami maqsadli ravishda ro’yxatga olish yoki belgilab qo’yish boshlangan paytda;

  2. 500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti;

  3. 100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy qurilmalari paydo bo’lgan vaqt.

  4. Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo bo’lishi va rivojlanishi hamda xalqoro hamjamiyatga uyg’unlashuvi.

Ushbu to’rtta javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur falsafiy mushohadaga molik kasb, to'g’rirog’i ma’lum ma’noda «hunar», «san’at» ekanligi va uning evolutsiyasi to’tr davrga xos to’rtta darajada umumlashtirilishidir.
- 6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat,
Download 29.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling