Reja: Byudjet
Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat
Download 175.01 Kb.
|
1 BYUDJET HISOBI(abdurasul)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-chizma. Byudjet hisobining funktsiyalari.
Byudjet hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:Byudjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; Byudjet ijrosini nazorat qilinishi; Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi; Davlat byudjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi; Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi; Byudjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar. Byudjet hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan byudjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-byudjet intizomiga rioya qilish va boshqalar. Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib byudjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1-chizma). 3-chizma. Byudjet hisobining funktsiyalari.Nazorat funktsiyasi - orqali byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.Byudjet hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat. Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo’yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida byudjet ijrosi jarayonida daromadlar, byudjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi. Download 175.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling