Reja: Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri
Download 249.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Tamaki mahsulotlari xillari va zarari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri Chekish
Tamaki mahsulotlari xillari va zarari Reja:
1. Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri 2. Bemaza qovunning urug’I ko’p bo’ladi 3. Chekish va tamakiga qarshi hukumat 4. Xulosa o’zingizdan Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki Ch. keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi; yuraktomir, meʼda, oʻpka kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Tamaki chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi. Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi va h.k. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunida kanserogen moddalar boʻladi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, kariyes, stomatit, gingivit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʻpka emfizemasiga, keyinchalik tuzatib boʻlmaydigan xavfli oʻsmalar rivojlanishiga olib keladi. Surunkasiga uzoq vaqt chekish kishining tez qarishiga sabab boʻladi. Toʻqimalarning kislorod bilan yomon taʼminlanishi, mayda tomirlarning torayishi chekuvchilarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirib yuboradi (koʻz oki va teri sargʻimtir tusga kiradi, soʻlgʻinlik paydo boʻladi). Nafas yoʻllari shilliq pardasidagi oʻzgarish tovushga taʼsir etadi (tovush boʻgʻiqlashadi, odam xirillab nafas oladi). Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin taʼsiriga oʻta sezuvchan boʻladi. Chekish homiladorlik davrida ayniqsa, zararlidir, bunda nikotin ona qoniga oʻtib, homilani zaharlaydi. chekish irsiyatni ham zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin. Tamakining vatani janubiy amerika, uni ispanlar 16-a.da evropaga keltirgan. Dastavval tamakini xidlash yoki chaynash odat bo’lgan. Bora bora u chekiladigan bo’ldi, chunki tamaki chekilganda undagi asosiy modda – nikotin kuchliroq ta’sir etadi. Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi(q. Periferik nerv sistemasi, Markaziy nerv sistemasi), arterial qon bosimini oshiradi, mayda qon tomirchalarini toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini kuchaytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaxarlaydi. Shuning uchun chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo’lishi zararlidir. Tarkibida yonish mahsuloti bo’lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi(kislorodni tashuvchi gemoglabin o’zining kislorodni biriktirib olish funksiyasini yo’qotadi). U bronxlar shilliq pardasiga ta’sir ko’rsatib, xronik bronxit va o’pka emfizemasiga sabab bo’ladi. Tamaki chekuvchilar hadeb yo’taladigan bo’lib qolishadi. Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi. Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi. Download 249.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling