Reja: Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri


Zaharli gazlar va bug’lar


Download 249.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi249.76 Kb.
#223246
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tamaki mahsulotlari xillari va zarari

Zaharli gazlar va bug’lar

: metanol, ammiak, butan,

metan, vodorod sulfidi, is gazi;



Organik birikmalar

: sinil kislota, aseton, fenol, karbazol, indol;



Og’ir metallar

: qo’rg’oshin, radiy, kadmiy, seziy, alyuminiy,

surma.

Ushbu tarkibiy qismlardan hech biri xavfsiz emas — ularning har biri



organizmga u yoki bu tarzda shikast yetkazadi,

immunitetni zaiflashtiradi

,

o’pkalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, qon oqimiga kirib, yurak,



miya va boshqa organlar ishini buzadi, hujayra mutatsiyasiga olib keladi

va onkologiya sabab bo’ladi.

Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki

tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli

odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir:



Surunkali bronxit

;



Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari;



Yurak-tomir patologiyalari (YIK,

arterial gipertoniya

, qon tomir

trombozi va boshqalar).

O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish

holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit

va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat

bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq

kechadi va ko’proq o’limga olib keladi.

Hech qachon sigareta chekmagan shaxslar stenokardiyadan 13

marta,


miokard infarktidan

12 marta,

oshqozon yarasi

ning xuruj olishidan

10 marta kamroq aziyat chekadi.

Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: kashandalarning yuragi

chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi,

shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi.

Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta

tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod

almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv

tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari

sezilarli darajada oshadi.

AYOLLAR UCHUN SIGARET CHEKISH ZARARLARI

Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya

qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish

natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish

imkoniyatidan mahrum bo’lishadi.

Doimiy chekuvchi

ayollarda bepushtlik

darajasi 42 foizni tashkil etadi.

Chekish bilan tanish bo’lmaganlarda esa bu ko’rsatkich 4 foizdir.

Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira

va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli

tishlar asta-sekin vayron bo’ladi,

og’izdan keladigan noxush

hidni hech bir

saqich yashira olmaydi. Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq

ko’rinadi.




Download 249.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling