Reja: Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri
Bemaza qovunning urug’I ko’p bo’ladi
Download 249.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Tamaki mahsulotlari xillari va zarari
Bemaza qovunning urug’I ko’p bo’ladi
Tamaki (lotincha: Nicotiana tabacum )— Solanaceae oilasiga mansub bir va koʻp yillik o't oʻsimliklar turkumi, narkotik oʻsimlik. Tamakining 60 dan ortiq turi maʼlum Nicotiana turkumda.Yovvoyi holda tropiklarda, Amerika va Avstraliyada yovvoyi turlaridan N. alata va N.sandera oʻsadi. Ikki turi — tamaki (N. tabacum L.) va maxorka
(N. rustica) ekiladi. Tamakining mavjud agroekotiplari 3 guruhga boʻlinadi: L.) papiros tayyorlanadigan bargi mayda sharqiy tamaki guruhlari — Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolda tarkalgan; 2) Amerika papiros tamakilari — Jan. Amerikada ekiladi, baland boʻyli, namga chidamli Tamakilar; 3) sigara Tamaki guruxlari — Braziliya, Gavana, Sumatra tamakilari. Tamakining vatani — Janubiy Amerika. taxminan 1518 yilda Portugaliya va Ispaniyaga keltirilib, dastlab manzarali oʻsimlik sifatida oʻstirilgan, keyin boshka mamlakatlarga chekiladigan, iskaladigan ashyo sifatida tarkalgan. Jahonda asosiy ekin maydonlari 4,75 mln. ga, (1994). Xitoy, AQSH, Hindiston va Braziliya, Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikistonda va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda asosan Samarkand viloyatining Urgut tumanida yetishtiriladi. Ekin maydoni 8,7 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 29,2 s/ga (1997). [1]
Tamaki narkotik xom . ashyo olish uchun ekiladi. Poyasi (2 m gacha) tik, gʻovak, oʻzakli. Barglari ketma-ket joylashgan, yaxlit, tuxumsimon, uchi oʻtkir. Gullari ikki jinsli, besh boʻlmali, pushti, qizil yoki oq, oʻzidan changlanadi. Mevasi koʻsakcha, 1000 dona urugʻi vazni 0,050,12 g . Urugʻida 30—35% texnik moy mavjud. Tamaki: gullagan shoxOʻsimligi (asosan chasi va baR™bargi)da nikotin, anabazin, nikotilin va boshqa alkaloidlari toʻplanadi. Tamaki ekilgach, 40—60 kunda gullaydi, 70—140 kunda pishadi. Sof T.ning quritilgan barglarida 1—4% nikotin, 1% efir moyi, 4—13% uglevodlar, 7—13% kul moddasi, 4—7% smola va boshqa bor. Issiqsevar oʻsimlik, —1—3° da nobud boʻladi. Tamaki urugʻi 10—12° haroratda unib chiqadi, namga talabchan, sugʻoriladigan sur tuprokli yerlarga ekiladi. 4—8 marta sugʻoriladi. Oʻzbekistonda Amerikan 287S, DyubekOʻzgan9, Dyubek4407, Izmir navlari oʻstiriladi. Parnik va issiqxonalarda yetishtirilgan koʻchati dalaga may oyida keng qatorlab (qator orasi 60—70 sm) ekiladi. Vegetatsiya davri oʻrtacha 100—120 kun. Yetilgan barglari oʻsuv davrida qoʻlda 5—7 marta yigʻib olinadi, ipga tizilib, salqin joyda shamollatiladi, quyosh nurida, maxsus barg quritish binolarida quritiladi. Fermentlash zdlarida barglarga dastlabki ishlov beriladi. Bargidan tamaki sanoati korxonalarida papiros, sigara, sigaret, trubkali T., hidlama T. va boshqa ishlab chikariladi. Zararkunandalari: tamaki tripsi, tamaki shirasi, tamaki va kuzgi tunlam, simqurtlar, soxta simqurtlar; kasalliklari: tamaki mozaikasi, ildiz chirishi. Download 249.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling