Reja: Chiziqli avtomatik rostlash tizimlarining Turg‘unligi
Chiziqli avtomatik rostlash Tizimlari
Download 44.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.operasion hisoblarning chiziqli avtomatik Rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi
- 4.Rostlash jarayonining sifati
- 5..Foydalanilgan adabiyotlar
2.Chiziqli avtomatik rostlash Tizimlari
Agar avtomatik rostlash tizimi chiziqli differensial tenglama orqali tavsiflansa, tizim chiziqli deyiladi. Bu tenglama tizimning turg‘unlashmagan rejimidagi vaqt mobaynida o‘zgarishini tavsiflaydi. Tizim harakatining turg‘unlashgan jarayoni uchun tenglamadagi hosilalarning nolga aylanishi xarakterlidir, chunki chiqish parametri «u» o‘zgarmaydi. Bu holda differensial tenglama algebraik tenglamaga aylanadi: Stasionar rejimdagi tizimning chiqish va kirish koordinatalarini bog‘lovchi bu tenglama chiziqli tizimning statik xarakteristikasidir. CHiziqli tizimda oqib o‘tayotgan rostlash jarayonining qanday o‘tayotganligini aniqlash uchun kirishning g‘alayonlanish ta’siri va boshlang‘ich shartlari ma’lum bo‘lgan differensial tenglamani echish kerak. Doimiy koeffisientli chiziqli differensial tenglamaning echimi y (t) erk erkin va y (t) maj majburiy echimni tashkil etuvchilar yig‘indisidan iborat: 3.operasion hisoblarning chiziqli avtomatik Rostlash tizimlari tahlilida ishlatilishi Avtomatik rostlash tizimining tahlili faqat harakatdagi tizimlarga taalluqli. ARTlarning sintezi vazifalari yangi rostlash tizimlarini loyihalash davrida ko‘tariladi. ARTning tahlili tarkibiy elementlar bo‘yicha differensial tenglama tuzish, uni echish va o‘tish jarayonining grafiklarini aniqlashdan iborat. Grafiklar amaldagi tizimning sifatini aniqlaydi. APTning sintezi rostlash sifatining eng yuqori ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi tizim strukturasini aniqlash va tegishli tenglamalarni tuzishdan iborat. ARTning tahlili va sintezida ko‘pincha uzatish funksiyalaridan foydalaniladi, chunki ular differensial va integral tenglamalarga ko‘ra ancha qulay. SHuning uchun, rostlash tizimlarining tahlili va sintezi usullari, ko‘pincha, Laplas almashtirishi matematik apparatiga asoslangan. 4.Rostlash jarayonining sifati Biror avtomatik rostlash tizimining amalda ishlatilishi uning turg‘unlik talablarini bajarishiga bog‘liq (bular faqat zarur bo‘lgan shartlardir). ART ning ishlatlishi uchun etarli bo‘lgan shart - tizimning talab qilingan rostlash sifatini ta’minlash qobiliyatidir. Bu sifat rostlash tizimidagi o‘tish jarayonlarining shakliga bog‘liq. Tizimning turli parametrlari rostlash jarayoniga ko‘rsatilgan differensial yoki xarakteristik tenglamalarning umumiy ko‘rinishini echish uchun lozim. Agar tizim to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa echish mumkin bo‘lmaydi, chunki uning ildizlari radikallar orqali ifodalanmaydi. SHuning uchun, rostlash sifati, ya’ni turg‘unlik darajasi, bilvosita integral yoki xususiy tahlil yordamida baholanadi. Amalda rostlash sifatini integral baholash usuli bilan baholash keng tarqalgan. 5..Foydalanilgan adabiyotlar 1. D.A.Miraxmedov «Avtomatik boshqarish nazariyasi». T.O’zbekiston. 1993. 2. N.R.Yusufbekov va boshqalar. «Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish». T. O’zbekiston. 1982 y 3. V.L.Popov., Yu.A.Tyutyunnikov. «Avtomatizitsiya proizvodstvenno’x protsessov v traktornom i selskoxozyaystvennom mashinostroenii».M.,VO. «Agropromizdat».1990 Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling