Reja: Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organi O’zbekistonda sud organlari Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari


Download 145 Kb.
bet8/24
Sana09.01.2022
Hajmi145 Kb.
#265959
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Reja Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekis

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-80 – moddalari Respublika Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi hamda alohida mutlaq vakolatlarini belgilaydi. Respublika Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari Respublika Konstitutsiyasining 78-moddasida to’liq ko’rsatib berilgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati idoralari tomonidangina amalga oshiriladi. Shuning uchun O’zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilgan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyasiga zid hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan, O’zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qonun chiqarish sohasidagi birgalikdagi vakolatlarini shaklan besh guruhga bo’lishi mumkin. Jumladan: 1) davlat qurilishi sohasidagi; 2) xo’jalik sohasidagi; 3) boshqaruv va sud organlarini tuzish sohasidagi; 4) O'zbekiston Respublikasi huquq tizimini qonunchiligi va inson huquqlari sohasidagi; 5) xalqaro aloqalar sohasidagi vakolatlardir.

Oliy Majlis Qonunchilik paltasi va Senatning davlat qurilishi sohasidagi qonunchilik vakolatiga quyidagi masalalar kiradi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish; O'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tizmini va vakolatlarini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq belgilash; O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi yangi davlat tizimlarini qabul qilish va ularni O'zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqarish haqidagi qarorlarni tasdiqlash; ma’muriy-huquqiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi chegaralarini o’zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, nomini o’zgartirish va ularning chegaralarini o’zgartirish; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; vakolati tugashi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; Respublika referendumini o’tkazish to’g’risida va o’tkazish sanasini tayinlash haqidagi qarorlarni qabul qilish; davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning xo’jalik sohasidagi qonunchilik vakolatlari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nakishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; boj, valuta, va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasining budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O'zbekiston Respublikasining boshqaruv organlarini tuzish sohasidagi birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi: O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirini (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan), uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish; davlat qo’mitalari va davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda ularni tugatish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning O'zbekiston Respublikasi huquq tizimi va inson huquqlari sohalari bo’yicha birgalikdagi vakolatga: respublika huquq tizimining barcha sohasidagi Konstitutsiyasi va joriy qonunlarni qabul qilish hamda ularga tegishli o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili va uni o’rinbosarini saylash kiradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning xalqaro masalalar sohasidagi birgalikdagi vakolatlariga: xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya qilish (barvaqt to’xtatish); O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis o’z faoliyatini Senat azolari va Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar orqali omalga oshiradi.

O'zbekiston Oliy Majlis Senat a’zolarining 84 nafar 14ta huquqiy birlikning har biridan 6 nafardan, 16 nafari esa O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillari hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 120 nafar deputati o’z saylovchilarining, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko’rsatgan tegishli siyosiy partiya va nomzod qilib ko’rsatgan mustaqil tashabbuskor guruhlarning vakili hisoblanadi.

Respublika Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari o’z huquqlari va burchlarini ijro etishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 88-moddasida ko’rsatilgan qoidalarga amal qilgan holda ishlaydilar. Bu moddada Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatining huquqlari, burchlari hamda faoliyatining shakllari va kafolatlari ko’rsatilgan.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling