Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishotirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat xokimiyati maqsadi, moxiyati va funktsiyalarini kishilarning ongi, erki, axloqi va goyaviy tushunish asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafko’raviy, ijtimoiy-ruxiy krashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat xokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafko’ra mavjud. Birinchisi, diniy mafko’ra, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat xokimiyatnini amalga oshirishda diniy qarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafko’ra davlat xokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi xukmron nazariya, urf-odat va aqloqiy qoidalarga asoslanadi. Masalan, kelgusida farovon komunistik jamiyat ko’rishi, Amerika namunasidagi gullagan kapitalistik jamiyat ko’rish xaqidagi g’oyalarni amalga oshirish uchun jamiyatdagi bir qism aholi davlat xokimiyatidan foydalanilmoqda.
Majburlash usulida davlat manfaatini amalga oshirish maqsadida davlat xokimiyati tomonidan kishilarga moddiy, ruxiy va jismoniy ta'sir etadi. Majburlash usuli xuquqiy va noxuquqiy usullar orqali amalga oshiriladi. Noxuquqiy usul – bu davlat xokimiyatini amalga oshirishda xuquqiy normalarga amal qilishdir. Davlat xokimiyatini amalga oshirishlik uchun qonuniylik va adolatli siyosiy usulni nazorat qiladi. Qonuniylik bo’zilgan holda davlatni xuquqni muxofaza qiluvchi organlari ximoya qiladi. Davlat xokimiyatini amalga oshirishning xuquqiy usuli demokratik siyosiy tartibdagi davlatlarda kafolatlangan bo’lib, bu shu davlatda xuquqiy tizimning umumiy tamoyillari bilan, davlat xududida barcha fuqarolar uchun yagona va umumiyligi, davlatni zo’rlik kuchi orqali amalga oshirilishi, taraflarga xuquq va burch belgilanishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |