Reja: Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat
Hukumat va iqtisodiy-siyosiy siklning o’rni
Download 190.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Mamadaliyev Mashxurbek (1)
3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy siklning o’rni.
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi , u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili , makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz , turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi 3.1- chizma orqali ifodalash mumkin. Download 190.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling