Reja: Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat


 Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar


Download 190.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.10.2023
Hajmi190.6 Kb.
#1723245
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamadaliyev Mashxurbek (1)

2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar. 
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan 
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga 
ma’lum to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish 
zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol 
bozorlarini 
himoyalash
, ichki bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va 


hokazolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardosh bo'lgan davlatlar ham, 
bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami 
o'rnatish, bojxona 
bojlari va tariflarni kiritish
, mahsulot sifati va uning 
xavfsizligini ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy 
faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar
shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar. 
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy 
faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy 
siyosatiga asoslangan. 
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan 
iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat 
tushuniladi. Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga 
solish siyosatida ikki yo'nalishi bor: 
1) 
erkinlashtirish

2) proteksionizm. 
Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat 
proteksionizm deyiladi. 
Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni 
kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. 
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat 
uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik 
kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: 
- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda; 
yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida; 
tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha 
BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy 
komissiyasi (EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq 
tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga 
oshiriladigan chora tadbirlar yig‘indisidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga 
ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini 
belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati 
tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati
valuta siyosati

bojxona siyosati kiradi 
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, 
xizmatlar

axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan 
ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda 
tashqi savdo siyosatini tashkil etadi. 


Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda 
mamlakatning 
raqobatbardosh tovarlar
, xizmatlar va intellektual mulldami 
jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni 
rag‘batlantirishga yonaltirilgan chora- tadbirlar tushuniladi. 
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat byurtmalari. 
budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish. 
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati, deganda 
mamlakatga 
xarijdan tovarlar
,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini 
tartibga solishga yo'naitirilgan choratadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga 
solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida 
importni to'g'ridan to'g'ri cheklash hisoblanadi. Bunda litsenziyalash va 
kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng 
kam import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi. 
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb 
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib 
chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat. 
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan 
amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar 
hamda tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi. 
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib. 
valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishining asosiy yo'nalishlarini 
hamda bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-
tadbiriami ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. 
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib 
valuta bozori
, qimmatbaho 
metallar va toshlar bozori hisoblanadi.Davlatning valuta siyosati diskont va 
deviz siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va 
mamlakat to'lov balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab 
oladi. 
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov 
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun 
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z 
ichiga oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, 
narx dinamikasi va 
darajasiga
, pul massasi hajmiga, qisqa muddatli investitsiyalar 
migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi. 
Deviz siyosati valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida 
valutani xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi 
hisoblanadi. Valuta intervensiyasi 
Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi sotdisi bo'yicha maqsadli 
operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki 
pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. 


Valuta cheklashlari 
milliy va xorijiy valuta
, oltin va hokazolarga doir 
operatsiyalarni tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-
tadbirlar majmuyidan iborat. 
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va 
ishclii kuchi impoiti siyosatlariga bo'linadi. 
Ishchi kuchi eksporti siyosati deganda bir mamlakat hududidan ikkinchi bir 
mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun qulay sharoit yaratish yoki 
taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga oshiriladigan choratadbirlar 
yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish natijasida mamlakatda 
ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha valuta 
daromadlarini paydo qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ishchi kuchi import 
siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib kelishi uchun 
qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat tomonidan 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi. 

Download 190.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling