Reja: Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat


Download 190.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi190.6 Kb.
#1723245
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamadaliyev Mashxurbek (1)



Mavzu:
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda vositalar va 
cheklovlar. 

Tayyorladi: 62A-22 guruh talabasi. 


Mamadaliyev Mashxurbek 
 
Reja: 
 
1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat. 
2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar. 
3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o’rni. 
1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat. 
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri 
davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir (Konstitutsiyaning 
117- moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda 
bevosita hamda o’z vakillari orqali davlarning eng muhim siyosiy 
masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar 
(Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov huquqi- fuqaroning saylovdagi 
ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi sub’ektiv huquqini 
ta’riflab berish uchun ishlatiladi. 
Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir biridan farq 
qilish kerak. Aktiv 
saylov huquqi fuqaroni saylash
, vakillik organlarini 
saylashga bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi- 
saylanish huquqidir. Professor A. Saidov ta’kidlashicha “Saylov huquqi” 
tushunchasi va ifodasi ikki ma’noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu 
saylov huquqi saylab qo’yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga 
soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Saylov huquqlarini manbalari 
Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar 
qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo’yiladigan 
organlarini tuzishda qatnashish, ya’ni unga o’zlarining saylanish (passiv 
saylov huquqi) va ularning tartibini saylash (faol saylov huquqi) 
huquqlaridir. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik 
bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o’n 
yil O’zbekiston hududida muhim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi 
mumkin. O’zbekistonning 25 yoshga to’lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik 


palatasi deputatiga yoki Senati a’zolariga saylanishi mumkin. 
Xalq 
deputatlari viloyat
, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi 
umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari 
saylanish huquqiga egadirlar. 
Davlat organlari o’zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba’zi 
organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga 
o’tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o’tkaziladi. O’zbekistonda ildiz 
otib borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an’analarni 
o’zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va 
boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash 
va tuzish tartibi ularning qaysinisining o’ziga xos xususiyatlariga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
saylov to’g’risida”gi, “ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to’g’risida”gi, “ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga 
saylov to’g’risida”gi va “ O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov 
komissiyasi to’g’risida”gi qonunlar tashkil qilinadi va o’tkaziladi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o’z oldiga 
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini qo’ydi va bu 
vazifa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigada e’lon qilindi. 
Konstitutsiya O’zbekiston- suveren demokratik 
respublika ekanligini

O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga 
asoslanishini, ularga ko’ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-
qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini 
mustahkamlab qo’ydi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va 
qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyada fuqarolarning asosiy siyosiy 
huquqlaridan biri sifatida fuqorolarning jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishda ishtirok etish huquqi nazarda tutilgan. Chunonchi, 
Konstitutsiyaning 32-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining 
fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z 
vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini- 
o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va davlat organlarini demokratik 
tarzda tashlik etish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab 
aytganidek
, “ 
Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro 
birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya- saylov 
degani”. Shu sababli saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyatini tasavvur qilib bo’lmaydi. Saylov-bu fuqarolarning davlat 


hokimiyati vakillik organlarini, shakllantirishdagi ishtirokini ta’minlovchi 
huquqiy vositadir. Saylov xalqning irodasini ifoda etish shaklidir, uning 
natijasida davlat hokimiyatining vakillik organlari shakllanadi. Saylov 
huquqining demokratik ekanligini va erkinligi yangidan shakllantirilgan 
davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati sifatini yaxshilashga bevosita 
ta’sir o’tkazadi. 
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim 
xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z 
xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi 
xalqaro-huquqiy hujjatlarda ifodalangan va umume’tirof etilgan 
printsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov huquqining 
umumiyligi va 
tengligi
, yashirin ovoz- berish va boshqalar kiradi. 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini 
belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va 
saylanish huquqiga egadirlar. 
O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqarolari saylash 
huquqiga egadir. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida 
besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston 
Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi deputati, shuningdek, O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Senati 
a’zosi bo’lish mumkin. Qaraqalpog’iton Republikasi Jo’qorg’i Kengesi 
deputatlari uchun yigirma besh yoshga to’lganlik , xalq deputatlari viloyat, 
tuman va shahar Kengashilari deputatlari uchun esa yigirma bir yoshga 
to’lganlik talab etiladi. 
Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, 
sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar 
saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday 
hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita 
cheklashga yo’l qo’yilmaydi. 
Saylov umumiy
, teng va to’g’ridan –to’g’ri 
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasida saylovlar ko’p partiviylik qoida amalga oshiriladi. 
Chunonchi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”gi 
Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 
(quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi. Qonunchilik 
palatasining bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi. Qonunchilik palatasining 
bir yuz o’ttiz besh deputati hududiy bir manfaatli saylov okruglari bo’yicha 
ko’p partiyaviylik asosida saylanadi. 
Qonunchilik palatasining o’n besh deputati O’zbekiston Ekologik 
harakatidan saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 


a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’I Kengesi, viloyatlar, 
tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining 
tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz 
berish yo’li bilan Qaraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahridan teng miqdorda- olti kishidan saylanadi. 
Saylov huquqining kafolatlari tizimini yaratish alohida ahamiyatga ega. 
Bugungi kunda bu kafolatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, 
konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan. 
Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, 
ovoz berish huquqi
, o’z xohish 
irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
Konstitutsiyaning mazkur normasini tatbiq etish maqsadida 1994-yil 5-
mayda “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari haqidagi qoidalari 
rivojlantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, “ Avvolo, fuqarolarimiz va saylovchilarimiz va 
saylovchilarimizning o’z fikri va e’tiborini, xohish irodasini bildirishlari uchun 
erkinlik va yana bir bor erkinlik hukmronligini, ommaviy axborot vositalari 
va kuzatuvchilikga o’z huquq va burchlarini amalga oshirishda zarur 
imkoniyatlarni, ta’minlash va yashirin ovoz berish sharoitini yaratib berishni, 
muxtasar aytganda, demokratik norma va andozalarga so’zsiz rioya qilishni 
hayotining o’zi bizdan talab etmoqda”. 
2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat 
hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy 
Qonun xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalari 
asosida inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlash hamda siyosiy 
hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha javxalarini izchil 
erkinlashtirishni milliy qonunchilikni takomillashtirishga doir ishlarning 
asosiga qo’yilgan 
asosiy printsiplar
, deb e’lon qildi. O’zbekiston 
Respublikasida saylovchilar o’z xohish- irodasini erkin bildirish va yashirin 
ovoz berish huquqiga egadir. Ayrim mamlakatlarda (Avstraliya, Belgiya, 
Gretiya) saylovlarda ishtirok etish majburiydir, ya’ni fuqarolar saylovda 
ishtirok etmaganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Mamlakatimizda uchastka 
saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, 
fuqarolarga xohish-irodalarini erkin va yashirin ravishda bildirish 
imkoniyatini yaratadilar. Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat 
qilishga yo’l qo’yilmaydi. 
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 to’ladigan, tegishli saylov 
uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro’yxatiga kiritilish 
huquqiga egadirlar. Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining 
binosiga saylovchilar ro’yhati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati 


ta’minlanadi. Saylovchilar ro’yxatidagi xato va noaniqliklar to’g’risida saylov 
komissiyalariga arz qilish huquqiga ega. Uchastka saylov komissiyasi 
yigirma to’rt soat ichida bunday arizani ko’rib chiqishi hamda xatoni 
tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi tarzda rad etilganligi to’g’risidagi 
ma’lumotnoma berishi shart. Butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik 
asosida o’tkaziladi. Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va 
uchastlarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to’g’risidagi, shuningdek, 
deputatlikka nomzodlarni ro’yhatga olish, ovoz berish, va saylov yakunlari 
haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi. Saylovchilar saylovda ishtirok 
etayodgan siyosiy partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi 
bilan tanishish huquqiga egadirlar. 
Saylov kuni o’z turar joyida bo’lish imkonmiyatiniga ega bo’lmagan 
saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar. Bunday hollarda 
tegishli uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko’ra, 
belgilangan shaklda bo’lgan, deputatlikka nomzodlar to’g’risida tegishli 
ma’lumotlar qayd etilgan saylov varaqlarini beradi. Salomatligining holati 
yoki boshqa sabablarga ko’ra ovoz berish binosiga kela olmaydigan 
saylovchilar uchastka saylov kommisiyasiga tegishli iltimos bilan murojaat 
etish huquqiga ega. Komissiya ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan 
joyda tashkil etishi shart. O’zbekston fuqarolar saylov huquqlari kafolatlari 
to’g’risidagi qonunchilikning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
normalariga muvofiqligi ta’minlangan. Bunda Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining xalqaro- huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi. Masalan, 
inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga muvofiq, xalq 
irodasi davlat hokimiyatining yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz 
berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar voitasida 
o’tkazilgan saylovlarda o’z shaxsini topishi lozim. 
Shunday qilib
, O’zbekiston 
Republikasida amal qilayotgan saylov huquqining demokratik asoslari erkin 
va demokratik saylovlarning mustahkam poydevor bo’lib, fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati vakillik 
organlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqini amalga oshirishdag 
xizmat qildi va mamlakatning asosiy maqsadiga erishish demokratik 
huquqiy davlat , kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgandir. 

Download 190.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling