Reja: Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat


Download 190.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana26.10.2023
Hajmi190.6 Kb.
#1723245
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mamadaliyev Mashxurbek (1)

Kondrat’ev sikli - «katta to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu 
nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondrat’ev katta hissa 
qo’shadi. 
Uning tadqiqoti Angliya
, Frantsiya va AQShning 100-150 yil 
davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’l 
omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish 
xaqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha 
darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib 
ko’rsatadi. 
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar -pasaytiruvchi 
to’lqin. 
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar -pasaytiruvchi 
to’lqin. 
SH-sikl: 1896-1920 yillar - ko’taruvchi to’lqin.Kondratev siklining davomiyligi 
o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika 
taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi. 
Kondrat’ev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat 
revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi, 
uchinchisini - elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, 
to’rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi 
zamon tadqikotchilari 
beshinchi siklni elektronika
, gen injenerligi va 
mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko’rsatadi. 
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning 
hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining 
o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to’lqini yoki 


turg’unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga 
olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar 
iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi. 
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz 
bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan 
tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy 
kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida 
namoyon bo’ladi. 
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar 
pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish 
va bandlilik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. 
Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib 
ketishiga aytiladi. 
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar 
massasi to’lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki 
kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, 
tovar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning 
tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi 
inflyatsiya
, ya’ni narx 
darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. 
Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish bandlilik va ishlab 
chiqarishning past darajasiga o’rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining 
ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, 
iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya 
oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi 
-takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo 
ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik 
bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil 
nushalarida turli shakllarida namoyon bo’ladi. 
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan 
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning 
yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi. 
Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning 
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki 
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan. Yirik 
mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan 
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab 
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y 
bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga 
ajratish mumkin. 
1. Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni 


umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. 
Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, 
ikkinchisi qisman

ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi. 
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit 
sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi 
bo’lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog’ozlar 
kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda 
bankrotlikka uchraydilar.Valyuta inqirozi - bu milliy valyuta obro’sining 
tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining tugab, milliy valyuta kursining 
keskin pasayishi holati hisoblanadi. Birja inqirozi - birjada qimmatli 
kog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi, 
fond birjalari faoliyatidagi 
chuqur tushkunlik
, tanglik holati. Atrof- muhitni, 
eng avvalo inson sog’lig’ini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan 
darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz ekologik inqiroz 
deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.Tarmoqlar 
inqirozi 
- milliy xo’jalikning biron-bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy 
o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beruvchi 
inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi 
o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar 
tarkibiy inqirozlar deyiladi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar 
arafasidagi harid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan 
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq 
xo’jaligi, avtomobil’ sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy 
tebranishlarga duchor bo’ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli 
tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil 
davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog’liq . Bu yerda 
shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq 
muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun 
iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy faollikning tebranishini 
tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan 
ko’pchilik 
iqtisodchilar
, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita 
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb 
tasdiklaydi. 
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar 
inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) Qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan 
juda katta zahiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar 


va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron 
bo’lgan, ularning karpitalining ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida 
ishsizlarning ko’payishi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb 
etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa 
cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har 
xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi. 
Birinchi jahon urushidan keyin
, aholining xarid qobiliyati juda pasayib 
ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va 
ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar 
inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. 
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: 
a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo 
etadi; 
b) yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz sur’atda o’sib borishi. 
Yer rentasining, avvalo absolyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida 
uni sotish 
qiyinlashadi

v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab 
chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik 
vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab 
chiqarishni qishartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o’tkazish va ijara xaqini 
to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqyoslarda olib boraveradi. Bu hol 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham 
ko’paytirib yuboradi. 
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda 
yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish 
mumkin.Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi. Oraliq 
inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida 
to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom 
etadi. Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. 
Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang 
ahvolga tushishi mumkin. 
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar 
ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga 
bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan 
ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon 
bo’ladi. 
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik 


natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang 
ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab 
chiqarish ham sabab bo’ladi
.

Download 190.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling