Reja: Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar
Download 40.47 Kb.
|
iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda vositalar va cheklov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy siklning o’rni.
2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar.
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma’lum to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi. Iqtisodiy raqobatga bardosh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va tariflarni kiritish, mahsulot sifati va uning xavfsizligini ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir etuvchi boshqa bir qator vositalardan keng foydalanadilar, shu orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy siyosatiga asoslangan. Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Hozirda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish siyosatida ikki yo'nalishi bor: 1) erkinlashtirish; 2) proteksionizm. Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: - alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda; yagona bojxona ittifoqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida; tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan chora tadbirlar yig‘indisidir. Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo siyosatini tashkil etadi. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulldami jahon bozorida sotishga va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yonaltirilgan chora- tadbirlar tushuniladi. Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat byurtmalari. budjetdan moliyalash, imtiyozli kreditlar berish. Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati, deganda mamlakatga xarijdan tovarlar,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga solishga yo'naitirilgan choratadbirlar tushuniladi. Bunday tartibga solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida importni to'g'ridan to'g'ri cheklash hisoblanadi. Bunda litsenziyalash va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi. Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat. 3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy siklning o’rni. Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi. Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqirozdan keyin turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga yetadi. Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. yangi sikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi. Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga, hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi 3.1- chizma orqali ifodalash mumkin. 3.1-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi Hozirgi zamon iqtisod fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 3.1-jadvalda ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan. Download 40.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling