Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


-. Dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Download 45.91 Kb.
bet2/10
Sana17.12.2022
Hajmi45.91 Kb.
#1026006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
0101 (2)

2-. Dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari


Теологик ёндашиш
Dinning asoslari va dastlabki shart-sharoitlariga oid muammolarni hal etish yuzasidan turlicha nuqtai nazarlar mavjud.
Diniy nuqtai nazar Xudoning mavjudlik prezumpsiyasidan kelib chiqadi. Unga muvofiq harakat qiluvchi Xudo hamda muayyan shart-sharoitlarda Xudoni idrok etuvchi inson borligi tufayli din vujudga kelgan va yashamoqda. Agar Xudo bo‘lmaganda insonning ongida Xudoga e’tiqod ham bo‘lmas, va inson o‘z tabiatiga ko‘ra Xudoga o‘xshash mavjudot hisoblanmas edi.

Фалсафий ёндашиш
Dinning vujudga kelish asoslari va shart-sharoitlari din falsafasi doirasida inson va olam o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar nuqtai nazaridan, inson ongining o‘ziga xos xususiyatlari, muvaqqatlilik va mangulik, cheklilik va cheksizlik nisbatini hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi.

Антропологик ёндашиш
Shunday ko‘rib chiqish yo‘nalishlaridan biri Inson hayotining individ va «inson majmui» sifatidagi jihatlarini tadqiq etish bilan bog‘liq bo‘lib, ularda borliqning mo‘rtligi: mavjudlikning cheklanganligi; kasalliklar, epidemiyalar, irsiy mutasiya, keksayish va o‘limning yaqinlashuvi; muayyan xalqlar genofondi darajasining keskin pasayib ketishi; Homo sapiensning paydo bo‘lishi va insoniyatning yo‘q bo‘lib ketishi xavfi hamda boshqa shu kabilar aniqlanadi. Masalan, kasalliklar, kuchli ta’sir o‘tkazuvchi antropologik omillardan biri hisoblanadi. O‘rta asrlarda millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan vabo, chechak kasalliklari Xudoning qahrli jazosi oldida qo‘rquv uyg‘otgan. O‘tgan asrda va XXI asr boshlarida yana vabo, o‘lat, ispanka (eng qattiq gripp kasali) kasalliklarining xuruji qayd etildi. Insoniyat bugungi kunda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) xavfi bilan to‘qnash keldi. Bunday holatlar yakka va ijimoiy diniy tafakkurda rasional jihatdan emas, balki «Xudoning jazosi» sifatida qabul qilinadi.
Dinning paydo bo‘lishi va yashab qolishi turli xalqlar, ijtimoiy guruhlar va alohida odamlar darajasida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning notekisligi kabi ijtimoiy holatlar, shuningdek mutelik, cheklanganlik, hukmronlik-bo‘ysundirish, ya’ni inson hayotining sobitqadamlik bilan tartibga solib bo‘lmaydigan sohalariga aloqador «tutqunlik» munosabatlari bilan bog‘liqdir.
Insonning tabiat va tengsizlik bilan kurash olib borishdagi ojizligi va chorasizligi odamlarda g‘ayritabiiy olamga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan omillar kabi namoyon bo‘ladi. Din nafaqat biror bir voqelik in’ikosi bo‘lib qolmay, u insonga yetishmayotgan kuch-qudratni xayolan to‘ldiruvchi vosita hamdir.


Download 45.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling