Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari
Download 45.91 Kb.
|
0101 (2)
Диний онг шакллари
Tarixiy taraqqiyot, ijtimoiy tabaqalashuv va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi jarayonida mifologik shakllar voqelikni tushuntirishning universal va yagona vositasi bo‘lishdan to‘xtaydi. Garchi miflar o‘zidan o‘zi yo‘q bo‘lib ketmasa-da, din, falsafa, san’at, axloq, siyosat, huquq, ilmiy fanlar paydo bo‘ladi. Tugab borayotgan urug‘chilik tuzumi sharoitida polidemonizm (ikki yunoncha so‘zdan kelib chiqqan – ko‘p va xudolilik) yuzaga keladi, ya’ni qabila xudosi sifatlariga ega bo‘lgan ustuvor ruh ajratib olinadi. Qabila xudolarining ta’sir doirasi chegaralangan bo‘ladi va bir-birini cheklaydi. Nisbatan kuchliroq xudo tevaragida qabilalar ittifoqining vujudga kelishi mazkur qabila xudosining oldingi o‘ringa o‘tishiga sharoit yaratib berdi. U qabilalararo xudoga aylanib, boshqa qabilalarning xudolari tobelik huquqi ostida kiradigan panteon (xudolar silsilasi) boshlig‘i bo‘lib qoladi. Politeizm ( yunoncha – ko‘p, xudo; so‘zma-so‘z – ko‘pxudolik) vujudga keladi. Politeizm bir nechta yoki ko‘plab xudolar mavjudligi to‘g‘risidagi diniy tasavvurdir. Tabiat va jamiyatning qator sohalarida amal qiluvchi xudolar timsollari yuzaga keladi. Faoliyat maydoni bir qancha sohalarni qamrab olgan Xudo timsoli boshqa xudolar ham mavjudligini e’tirof etish bilan uyg‘unlashib, voqelikning boshqa sohalari ana shu xudolar yordamida tushuntirilgan. Bugungi kunda buddizm, hinduizm, sintoizm va konfusiylik politeistik dinlar hisoblanadi. Mehnat taqsimoti, jamiyatning tabaqalashuvi, xalqlarning, monarxiya tuzumidagi davlatlar shakllanishining yanada chuqurlashuvi natijasida politeistik tizimlar ham yanada rivojlanadi. So‘ngra bitta xudo boshchiligidagi ko‘plab xudolar mavjudligi e’tirof etilishini anglatuvchi supromoteizm (lotincha supro – ustun, ustida, + yunoncha – xudo), shuningdek ko‘plab xudolarning mavjudligini e’tirof etsa-da, biroq bittasini qadrlovchi genoteizm paydo bo‘ladi. Diniy e’tiqodlarning uzoq davom etgan tadriji natijasida monoteizm (yunoncha yakka, yagona xudo, so‘zma-so‘z – yakkaxudolik) vujudga keladi. Barcha rang barang tabiiy va ijtimoiy hodisalarni nazorat qiluvchi Xudo timsoli yuzaga keldi. Ko‘proq yoki kamroq darajada cheklangan va bir-birini cheklaydigan ko‘plab xudolarning rivojlanishi jarayonida umumiy va yagona Xudo to‘g‘risidagi tasavvur paydo bo‘ladi. Iudaizm, nasroniylik va islom monoteistik dinlar hisoblanadi. Download 45.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling