Reja: Din ta’rifining muammolari dinning vujudga kelishi va mavjudligi shart-sharoitlari
Download 45.91 Kb.
|
0101 (2)
Диний эътиқод танқиди
Falsafa o‘zining butun tarixi davomida diniy e’tiqodni, umuman dinni tanqid qiluvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Diniy e’tiqodning tanqidi agnostisizm, indeferentizm, ateizm va antiteologik empirizm (diniy aqidalarni mantiqiy pozitivizm doirasida mazmunsiz deb e’lon qilish) shaklida yuzaga chiqadi. Agnostisizm dinning o‘zida Xudo haqidagi ishonchli bilimlarni mujassam etganligi to‘g‘risidagi da’vosini shubha ostiga oladi yoki diniy ilm, agar bunda allaqanday voqelik to‘g‘risidagi bilim tushunilgudek bo‘lsa, u ilm emas deb ta’kidlaydi. Ateizm (fransuzcha atheisme, yunoncha «a» inkor etuvchi qo‘shimcha, + Xudo, so‘zma-so‘z tarjimasi – xudosizlik) Xudoning mavjudligi va har qanday transsendent (g‘ayritabiiy) mohiyatlar xususida u yoki bu turdagi rasional dalillar vositasida bahslashadi. Ateizmning quyidagi turlari mavjud: nazariy ateizm – muayyan nazariya va dunyoqarash pozisiyasi; amaliy ateizm – insonning amaliy xatti-harakati bo‘lib, bu xatti-harakat Xudoning mavjudligi bilan biror bir bog‘liqqa ega bo‘lmasligi, Xudoni nazariy jihatdan inkor etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin; siyosiy ateizm – dinni, uning aqidalarini va eng avvalo cherkov institutlarini tanqid qilish insonni ozod qilishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Nazariy ateizmning ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Antik zamonlarda hukmron dinga nisbatan boshqa qandaydir dinning foydasiga shubha bildiruvchilar «ateistlar» deb tushunilgan. Ilohiy voqelikni «asil», haqiqiy tarzda tushunish uchun hukmron dinni almashtirishni talab etuvchi faylasuflar ham «ateistlar» qatoriga kiritilgan. Ateizm butkul xudosizlik va Xudoning mavjudligini inkor etuvchi ta’limot sifatida Yevropada XU1-XUP asrlarda paydo bo‘lib, X1X asrda Lyudvig Feyerbax asarlarida bir oqim sifatida shakllandi. XX asrda vaXX1 asr boshlarida ateizm turli shakllarga kiradi. Bu eng avvalo dinni falsafiy-antropologik tanqid qilish shakli bo‘lib, u dinning kelib chiqishi va yashashini Xudo bilan emas, balki insonning o‘zi bilan bog‘laydi. Xudo g‘oyasi insonda uning doimiy yaratuvchilik va reflektiv faoliyatida o‘ziga tayanch izlashi asnosida yuzaga keladi. Din asosan borliqqa nisbatan ojizlik tajribasidan kelib chiqadigan ruhiy va dunyoqarashga oid muammolarini hal etish vositasi hisoblanadi. Yana boshqa yetarlicha keng tarqalgan qarashlardan biri – antiteologik empirizm, xususan mantiqiy pozitivizmdir. Unga muvofiq Xudo to‘g‘risidagi, g‘ayritabiiy, xayoliy olam to‘g‘risidagi fikrlar asosli emas. Ular aniqlashtirilishi, verifikasiya qilinishi mumkin emas, chunki empirik kuzatuvlar olib borib bo‘lmaydi. Shundan diniy e’tiqodlardagi ichki qarama-qarshilik hamda mazmunsizlik muqarrarligi to‘g‘risidagi xulosa kelib chiqadi. Umuman, e’tiqod tarkibidagi diniy bilimga nisbatan falsafiy yondashuvlarning hech biri bu bilimga so‘zsiz maqom berishga va diniy bilimni noaniqlikdan xalos etishga qodir emas. XULOSA Falsafa - bu ham umumnazariy dunyoqarash, ham ijtimoiy ong shakli, ham umumiy (umumiylik to‘g‘risidagi) fan. U ma’naviy madaniyatning kvinessensiya (mag‘zi)dir. Mana shuning uchun ham falsafaning ahamiyati va vazifalari shunchalik ko‘p qirralidir. U idrokiy, uslubiy, qadriyatiy hamda amaliy va bashoratiy rol o‘ynaydi. Albatta, falsafiy bilim, o‘z tabiatiga ko‘ra, o‘ta nazariydir. Ammo bu degani uning voqey hayotdan, muayyan tarixiy jarayondan ajralgan degan ma’noni bermaydi. Har qanday falsafiy tizim, bir tomondan, zamonasining ruhini nishoni bo‘lsa, ikkinchidan, falsafa mazkur davrning mohiyatini aks ettiradi, uning qonuniy belgilarini ochib beradi. Falsafa mohiyat jihatdan faqat hozirginigina emas, balki o‘tmishni, va ayniqsaa, kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va ularning qanday bo‘lishligi bilan shug‘ullanadi. U insoniyat hayotining istiqboliga umid bilan qarash va uni takomillashtirish yo‘llarini va tamoyillarini aniqlashga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyoti davomida to‘plangan tajriba falsafiy talqin va umumlashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Shunday tahlil tajribasi ushbu darslikning tegishli bo‘limlarida berilgan. Kelgusida mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining falsafiy talqini yanada aktuallashadi. Bir tomondan, uni dunyo taraqqiyoti tamoiyllari nuqtai nazaridan qarab chiqish kerak bo‘ladi, negaki, bizning mamlakatimiz va unda ro‘y berayotgan jarayonlar – umuman dunyo sivilizasiyasi taraqqiyotining bir qismidir. Ikkinchi tomondan, mazkur tajribani uni to‘laligicha, barcha asosiy tomonlari bo‘lgan – siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jixatlarini birgalikda qarab chiqib, uning mohiyatiy, qonuniy tamoiyllari, umumiy va xususiy belgilari nisbatini aniqlash lozim. Download 45.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling