Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Ilk diniy tasavvurlar va din shakllari.
Mavzu: Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari. Dinning kelib chiqishi va ibtidoiy shakllari. Reja: 1.Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 2.Dinning ijtimoiy vazifalari. 3.Ilk diniy tasavvurlar va din shakllari.
1.Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad – kishilarda dinning kelib chiqishi, evolyustiyasi, hozirgi davrdagi holati, insoniyat hayotida tutgan o’rni haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. Kursning vazifasi – kishilarda din to’g’risida bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo’llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotga, insonni kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarni ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan iymon va e’tiqodni shakllantirishdan iboratdir. Ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug’, qabila va milliy dinlargachyaa, ularda jahon dinlarining paydo bo’lishi va rivojlanishining ijtimoiy gnoseologik (nazariy bilish) va psixologik ildizlari mavjuddir. Ana shularni har tomonlama tarixiy dalillar asosida ilmiy tahlil qilish mazkur kursning yana bir vazifalaridandir. Mustaqillik yillarida dinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo’lgan dinshunoslik fani vujudga keldi. Uni o’rganishda chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish, chet ellik mutaxassislarning ilmiy tajriba va asarlaridan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Movaraunnaxr hududida VIII asrdan boshlab islom yagona hukmron dinga aylanganligi sababli uning shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyishiga qo’shgan hissasi xususida yoshlani ilmiy, falsafiy bilimlar bilan qurollantirish ko’zda tutiladi. Milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlariga uyg’unlashishi, hozirgi mustaqil O’zbekiston sharoitidagi ahamiyati tushuntiriladi. Dinshunoslik fanining mazmuni talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo’nalishlari, mazhablari haqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bunga erishishda O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun, Jinoyat, Fuqarolik, Oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko’rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo’lib xizmat qiladi. Eng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o’ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoqarashda dinni g’oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo’nalishi shakllangan. Psixologiya fani tarmoqlari murakkab hodisa bo’lgan dinni inson ruhiyati bilan bog’liq holda tahlil qilganlar. Buning natijasida din psixologiyasi fani shakllangan va rivojlangan. Dinshunoslik Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling