2) Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach,
o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat
qiladi. Bu hodisa dinning birlashtiruvchilik-integratorlik vazifasi deb ataladi.
Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va milliy guruhlar ma’naviy hayotining
o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash
maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga,
shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida
saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari,
yagona hudo Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu binga yanada ko’proq jalb etish
uchun me’moriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalanadi.
Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |