Reja: Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana09.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#257792
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Dinshunoslik fani predmeti va vazifalari.

3)Fetishizm.  Franstuzcha  fetish  so’zi  sehrli  narsa,  tumor,  but,  sanam 

ma’nolarini anglatadi. Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga 

sig’inishni  anglatadi.  Fetish  bo’lib,  tosh,  tayoq,  moddiy  buyumlar  bo’lishi 

mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. Fetishizmning rivojlanishi 

yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni hunarmandchilikni 

vujudga  kelishi  bilan  bog’liqdir.  Ibtidoiy  odamlar  butlar  va  tumorlarda 

g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning 

asoratlari  mavjud  bo’lib,  ularga  sedana,  tasbeh,  munchoq,  qalampirmunchoq, 

isiriq,  ko’ztikan,  piyoz,  sarimsoq,  qora  murch,  daraxtlardan:  yong’oq,  anjir, 

jiyda,  archa  va  boshqalar  tabarruklashtirilgan,  muqaddas  sanaladi.  Fetishizm 

unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab keladi. 

Butlar  va  tumorlarda  jamoalar  g’ayritabiiy  dunyodan  keladigan  ilohiy 

qudratning  timsolini  ko’rganlar.  Bunday  fetishga  odatda  afsungarlar, 

shamanlar  ega  bo’lib,  ular  afsungarlik  usullariga  ibnoan  bunday  buyumlarga 

ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy 

majmuasining  shakllanish  jarayonida  fetishizm  yakunlovchi  bosqich  bo’lib 

qoldi.  Haqiqatda,  ajdodlarni  va  tabiatni  jonlantirish  bilan  bog’liq  bo’lgan 

animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm 

orqali  ibtidoiy  odamlar  ongida  real  buyumlar  bilan  birga  ilohiy  va  illyuziya 

dunyosi  borligi  haqidagi  tushuncha  paydo  bo’ldi.  Natijada  ularning  ongida 

zamonaviy  fikr  yuritish  qobiliyati  mustahkamlandi  va  nihoyat  fetishlarning 

paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda 

ko’chib yurish  xususiyatiga  ega bo’lib qolmasdan, balki  voqeiylik  dunyosidagi 

buyumlarda  ham  bo’lishi  mumkin.  Shunday  qilib,  urug’chilik  jamiyatining 

tashkil  topish  jarayonida  ibtidoiy  odamlarning  ongida  dastlabki  diniy 

ko’rinishlarning  keng,  aniq,  tartibli  majmuasi  ishlab  chiqildi.  Buning  ma’nosi 

shuni  anglatadiki,  diniy  tasavvurlar  odam  hayotining  bo’linmas,  hattoki  asosiy 

qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari 

boshqaradi.  Shuning  uchun  jamoa  yaxshi  yashayman  desa,  ozuqalar  bilan 

ta’minlangan,  kimningdir  tomonidan  himoyalangan  bo’lishni  istasa,  birinchi 

vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo 

haqidagi  bu  tasavvurlar  vaqt  o’tishi  bilan  takomillashib  bordi  v  insoniyat 

hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi. 


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling