Reja: Dispers tizimlar va eritmalarning turlari
Download 63.98 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari
Genri qonuni - o’zgarmas haroratda gazlarning eruvchanligi ularning parsial bosimiga to’g’ri proporsionaldir:
C(x)=K∙P(x) C(x)- to’yingan eritmadagi x gazning konsentratsiyasi; K- Genri doimiysi, P(x)- gazini eritma ustidagi bosimi. Qattiq moddalar erigan vaqtda ularning kristall panjaralari yemiriladi va moddaning mayda zarrachalari erituvchi orasida bir tekis tarqaladi. Bu jarayonda energiya yutiladi ( H>0). Shu bilan bir vaqtda erituvchi bilan eruvchi modda zarrachalari o’zaro ta'sir etib, aniq tarkibli birikmalar, ya'ni solvatlar hosil bo’ladi. Agar erituvchi suv bo’lsa, bunday birikmalar gidratlar deyiladi. Bu jarayonda (issiqlik) energiya ajralib chiqadi ( H <0). 1 mol modda eriganda ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deyiladi. Masalan, 1 mol KOH uchun H =-55,65 kDj/mol, NH4NO3 uchun esa H =+26,48 kDj/mol. Tajribadan ma'lumki, suvda qattiq moddalar ham, gazlar ham bir hilda erimaydi. Barcha moddalar suvda eruvchanligiga qarab uch guruhga bo’linadi: Yaxshi eriydigan (100 g suvda 10 g dan ortiq modda erisa); Oz eriydigan (100 g suvda 1 g dan kam erisa); Amalda deyarli erimaydigan moddalar (100 g suvda 0.01 g). Moddalarni erituvchida (suvda) erish xususiyati uchun “eruvchanlik” degan tushuncha kiritilgan. Eruvchanlik miqdoriy jihatdan moddaning 100g erituvchida ayni haroratda eng ko’p erishi mumkin bo’lgan grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu miqdor moddalarni eruvchanligi deyiladi. Masalan, 20oC da 100 g suvda 35,9g NaCl tuzi eriydi, ya'ni bu tuzning 20oC dagi eruvchanligi 35,9 ga teng. Agar shu haroratda bu miqdorga nisbatan yana ortiqcha natriy xlorid tuzi qo’shilganda bu miqdordagi tuz erimaydi, u cho’kma holida bo’ladi. Ko’pincha qattiq moddalarning eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi, lekin ba'zi bir moddalarniki esa juda kam ortadi (masalan, NaCl, AlCl3) va hatto kamayadi (masalan Ca(OH)2, Li2SO4, Ca(CH3COO)2). Gaz moddalarning eruvchanligi bosimga va haroratga bog’liq bo’ladi. Gazlar suvda eriganda issiqlik ajralib chiqadi. Le-Shatele qoidasiga muvofiq gazlarning eruvchanligi harorat ko’tarilganda kamayadi. Bosim oshgan sari esa, Genri qonuniga muvofiq gazlarning eruvchanligi ortadi. 4. Eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullariMa'lum miqdordagi (og’irlik yoki hajmdagi) eritmada erigan moddaning miqdoriga (og’irlik yoki hajmiy) konsentratsiya deyiladi. Eritmalarning konsentratsiyasi miqdor jihatdan har hil usullarda ifodalanadi. Erigan moddaning massa ulushlarida (birining ulushlarida yoki foizlarda) . Eritmaning o’zagarmas hajmdagi konsentratsiyasi: molyar konsentratsiya, ekvivalent-molyar konsentratsiya va titr bilan. Erituvchining o’zgarmas miqdordagi erigan moddaning konsentratsiyasi - molyallik bilan ifodalanadi. Download 63.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling