Reja: Ehtimollar nazariyasi predmeti qisqacha tarixiy malumot


Download 114.86 Kb.
bet2/6
Sana21.11.2023
Hajmi114.86 Kb.
#1792283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7. Nisbiy chastota o\'zgarmas ehtimollar dan chetlashishini ehtimolligi

Muqarrar hodisa deb, tajriba natijasida albatta ro’y beradigan hodisaga aytiladi va biz bu hodisani Ω (omega) harfi bilan belgilaymiz.
Mumkin bo’lmagan hodisa deb tajriba natijasida ro’y bermaydigan hodisaga aytiladi va biz bu hodisani ∅ belgi bilan belgilaymiz.
Tasodifiy hodisa deb, tajriba natijasida ro’y berishi ham, ro’y bermasligi mumkin bo’lgan hodisaga aytiladi. Tasodifiy hodisalarni A, V, S, … katta lotin harflari bilan belgilaymiz.
Misol:O’yin kubigi bir marta tashlanadi. Bu holda
Ω={Tushgan ochko 6 dan katta emas } –muqarrar hodisa;
={Tushgan ochko 10 ga teng }-mumkin bo’lmagan hodisa ;
A= {Tushgan ochko juft son }-tasodifiy hodisalardir.
Albatta bu tajribaga mos bo’lgan boshqa ko’plab hodisalarni tariflashimiz mumkin.
Elementar hodisa deb, tajribaning har qanday natijasiga aytiladi, hamda ω harfi bilan belgilanadi. Tajriba natijasida ro’y bershi mumkin bo’lmagan barcha elementar hodisalar to’plami elementar hodisalar fazosi deyiladi. Elementar hodisalar fazosi Ω kabi belgilanadi.
Misollar:
1.Tajriba tangani ikki marta tashlashdan iborat bo’lsin. Bunda elementar hodisalar quyidagicha bo’ladi.
ω₁=(gg), ω₂=(gr), ω₃=(rg), ω₄=(rr).
Elementar hodisalar fazosi Ω to’rt elementdan iborat׃
2.Agar tanga uch marta tashlansa, u holda
ω₁=(ggg), ω₂=(ggr), ω₃=(grr), ω₄=(rrr), ω₅=(rrg), ω₆=(rgg), ω₇=(rgr), ω₈=(grg).
3.Tajriba o’yin kubigini ikki marta tashlashdan iborat bo’lsin. Bu holda ωij=(i,j) bo’lib, i-birichi tashlashda tushgan ochko’ni bildiradi.
Ω={ωij}, i=1,6 j=1,6
va elementar hodisalar soni n=36 ga teng.
4.Tajriba nuqtani [a,b] kesmaga tashlashdan iborat bo’lsin. Bunda Ω=[a;b] to’plamidan iboratdir.
Biz yuqorida hodisalarni uch turga bo’lgan edik. O’z navbatida tasodifiy hodisalarni ham quyidagi turlarga ajratamiz.

Download 114.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling