Reja: Ehtimollar nazariyasi predmeti qisqacha tarixiy malumot


Download 114.86 Kb.
bet1/6
Sana21.11.2023
Hajmi114.86 Kb.
#1792283
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7. Nisbiy chastota o\'zgarmas ehtimollar dan chetlashishini ehtimolligi


Nisbiy chastota o'zgarmas ehtimollar dan chetlashishini ehtimolligi
REJA:
1.Ehtimollar nazariyasi predmeti qisqacha tarixiy malumot.
2.Ehtimollar nazariyasining klassik va statistik tariflari.
3.Katta sonlar qonuni va Chebishyov tengsizligi.
4. Nisbiy chastota o'zgarmas ehtimollar dan chetlashishini ehtimolligi

Ehtimollar nazariyasi fanining dastlabki tushunchalari shakillangan davr XVI-XVII asrlar bo’lib, Kardano, Gyuygens, Paskal, Ferma va Yakov Bernulli kabi olimlarning nomi bilan bog’liqdir. Ehtimollar nazariyasining paydo bo’lishiga qimor o’yinlarining matematik modellarini va nazariyasini yaratish yo’lidagi izlanishlar turtki bo’ldi. Ehtimollar nazariyasining keyingi yutuqlari Muavr, Laplas Puasson kabi olimlarning nomlari bilan bog’liq.
Ehtimollar nazariyasining yangi samarali rivoji Chebishev, Markov, Lyapunov kabi rus olimlarining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’ldi. Fanning mustaqil fan bo’lib ulg’unlashishida va keyingi rivojida Bernshteyn, Ramonovskiy, Kolmogorf, Xinchin, Gnedenko, Smirnov va boshqalarning xizmati katta bo’ldi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining rivojida S.X.Sirojiddinov, T.A.Sarimsoqov kabi zabardas o’zbek olimlarining ham munosib hissalari bor. Hozirgi kunda bu ikki olimning shogirdlari tomonidan O’zbekistonda ham ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha ham nazariy, ham amaliy tatqiqotlar davom ettirilmoqda.
Ehtimollar nazariyasining dastlabki tushunchalari –tajriba, hodisa, elementar hodisa, ehtimollik, nisbiy chastota kabi tushunchalar bo’lib, ularni bayon qilishga o’tamiz.
Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi tayin shartlar to’plami S ning bajarilishidan iboratdir. Hodisani esa tajriba natijasi sifatida qaraymiz.
Masalan, tangani muayyan sharoitda tashlashdan iborat bo’lsin. Tanga va uni tashlash S satirlar to’plamini tashkil etsa,tajriba natijalari tanganing “gerb” yoki “raqam” tomonlari bilan tushishi hodisalaridir.
Biz kuzatgan hodisalrni uch turga ajratish mumkin: muqarrar, ro’y bermaydigan va tasodifiy hodisalar.

Download 114.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling