Reja: Ekologiya fani, predmeti
Download 52.67 Kb.
|
O2
Amerikada bu yillarda indikatsion botanika rivojlandi ya’ni tuproqning har xil xususiyatlarini ko‘rsatuvchi o‘simliklar xaqida.
B.CH.Bernadskiyning ilmiy ishlarida Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotlar berilib, tirik organizimlarning roli to‘g‘risida aytilgan. B.V.Dokuchayevning ilmiy ishlari Morozov tomonidan "O‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar" kitobida davom ettirildi. Bunda o‘rmon o‘simliklari ekologiyasi asosi berilgan. Bu soxada Vыsotskiyning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. O‘rta asrlarida O‘rta Osiyoda yashagan olimlardan Muxammad muso al Xorazmiy ,Abu Nosir Farobiy ,A.R. Beruniy va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishida katta hissa qo‘shdilar. O‘rta asrda Abu Ali Ibn Sino dorivor o‘simliklarning morfologiyasi nomlarining kelib chiqish,tarkibi va geografiyasini o‘rganib, shu to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. U o‘z fikrini bayon etishda doimo muhit bilan odamning o‘zaro munosabatlarini eslatib o‘tadi.Uning aytganlari xaqida ham o‘z ahamiyatini yo‘qolgan emas. Maxmud Qoshg‘ariyning ishlarida uchratamiz.Ular yozgan kitobida 200 ta o‘simlik to‘g‘risida ekologik,morfologik va geografik ma’lumotlar bor. Xali ekologiya fani yo‘q bo‘lgan davrda tabiat va undagi muvozanat, tabiatni e’zozlash xaqida qimmatli fikrlar aytilgan. M.Al-Xorazmiy o‘zining bir risolasida shunday dedi:"Bilinki,daryoning ko‘z yoshlari uning boshida ham-kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!".Bu bilan buyuk olim nimalarni ko‘zda tutdi ekan. Extimol u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir !. O‘rta Osiyo o‘simliklari va xayvonlari to‘g‘risida botanik va geografik ma’lumotlarni Bobur asarlarida uchratamiz. Bobur nomi aytilganda bazilar uni shoir deb biladi.Bir chekkasi bu tushuncha to‘g‘ri ham. Bobur g‘azallari juda jozibador,har kimga manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina bo‘lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi va bog‘bon, sayyox va tabiatshunos bo‘lgan. Bobur asarlari misoli tagi yo‘q bir xazina."Boburnoma" yoki Boburiya - Z.M.Boburning eng yirik asaridir. Bu Boburning Farg‘onadagi yoshlik kunlaridan, to Xindistonda podshox bo‘lgungacha yuz bergan jami voqealarning mufassal tasiridir. Asarda Boburning yurgan,ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarning tabiati, boyligi, odamlari, urf-odati, xayvonoti va ekinlari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobda o‘ziga xos keragicha ma’lumot topadi. Asarni muxim terminologik va toponilik manba. Unda yer, suv, xavo turli tabiiy xodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi. "Boburnoma"ni o‘qigan va o‘rgangan har bir kishi, uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o‘lkashunos va olim yozgan degan xulosaga keladi. Bobur o‘lkani bilgan kishilarni xurmat qilgan,ularning qadriga yetgan va ular bilan xamisha maslaxatlashgan. "Biron safarga chiqishdan oldin yer suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlarni surishtirar edi". Bobur har bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o‘rni,so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari, xayvonot va axolisi beriladi. Bobur tabiatdagi ba’zi xodisalarni tasvirlaganda, ularni mutlaqo mo‘jizalarga bog‘lamaydi.Bobur iqlim va meterologik xodisalar bilan qiziqqan. U o‘zi bergan har bir mamlakatning qaysi iqlimiga mansubligini yozadi. Misol:Farg‘ona vodiysining "Girdo tog‘ voqi’ bulubtur. Farbi tarafidikal Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay,toq yo‘qdur ushbu jonibtin o‘zga xech jonibtin o‘qish yozi kela olmas". Bu xaqiqatdan ham ajoyib fikrlardir,bunda Farg‘ona iqlimining qisqa xolati nimaga bog‘liq ekanligi to‘ppa-to‘g‘ri aytilgan. Demak, havo oqimlari g‘arbdan sharqqa qarab esish ham unga ma’lum bo‘lgan. Bobur ajoyib geobotanik bo‘lgan. U o‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. U O‘zbekistondagi juda ko‘p dorilarni,ularning xosiyatlari va ahamiyatini tariflagani,bog‘bon bo‘lgan kishi, mirishkor kishi, asl tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi. Bobur o‘simliklar to‘g‘risida juda ko‘p qimmatli fikrlarni aytganki, ularni maxsus o‘rganmoq kerak. Uning ilmiy gegrafik merosini o‘rganish uchun kerakki uning asarlaridan har bir tabiatshunos ilxom topadi. Boburning "tabiat viloyatlari shaydosi bo‘lishi uning avlodlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganki, o‘g‘illari Xumoyun, Kamron, qizi Gulbadanbegim xayotida ham ko‘ramiz. Download 52.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling