Reja: Ekologiya fani, predmeti


Download 52.67 Kb.
bet2/7
Sana04.02.2023
Hajmi52.67 Kb.
#1158501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O2

Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekologik rayonlashtirish.
Ekologik ongni tarbiyalash,ekologik madaniyatni yaratish, ommaviy axborot vositalari ishini faollashtirish. Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Talaba va o‘qituvchilarni tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlar, shuningdek, inson xo‘jalik faoliyatining tabiatiga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. Talaba va o‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish;
b) ekologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilishni tarbiya-lash;
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;
g) kishilarni tabiat «in’omlari» dan to‘g‘ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
Ekologik tarbiya axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong, tafakkurni, ekologik dunyo qarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab holda etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini yaxshi bilgan tayyorlash zarur.
Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
Fandagi boshqa yo‘nalishlar kabi, ekologiya ham doimo rivojlanib kelgan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlarining mehnatlarida biz ekologik yo‘nalishlarni aniq ko‘ramiz. Lekin ular "ekolo-giya" terminlarini ishlatishmagan.
Bu termin nemis biologi, evolyutsionist Ernest Gekkel tomonidan 1869 yil taklif qilingan. Ungacha 18-19 asrlarda buyuk olimlar o‘zlarining bu soxaga hissalarini qo‘shib kelishgan, ular ham "ekologiya" terminini ishlatishmagan 20 asr boshlarida Anton va Levenchuk, 1 u bizga 1-mikroskoppik sifatida ma’lum oziq zanjiri va organizmlar sonining boshqarilishini o‘rganishda pisir xisoblanadi.
Ingliz botanigi Richard Bredlinning ishlarini ko‘rib chiqilsa u biologik xosildorlik aniq bir tushunchaga ega bo‘lgan mana bu masalalarni o‘rganish xozirgi zamon ekologiyasi muxim yo‘nalishlarini tashkil qiladi.
Ekologiyaning rivojlanishi tabiatni o‘rganish va uni kuzatib yozish bilan boshlangan bu fratsuz Jan Anri Faber o‘zining entomologiya estaliklari yozgan davr edi 1870-1871 1.
Ekologiyaning rivojlanishi muxitni o‘rganish bilan unda yashaydigan yarim turlar va ularning o‘zaro munosabati simbioz boshqa turlar bilan munosabatlarini o‘rganish bilan boshlangan edi. Bu ekologiyaning rivojlanishida birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifasida ekologiya o‘z rivojlanishida ko‘proq ekosistemalar funksional birlik sifatida qaray boshladi. Ekosistemada - tirik organizmlardan tashqari fizik sharoit bir iqlim va tuproq 1. Hamma turli organizmlar orasidagi o‘zaro ta’sirlar kiradi. Rivojlanishning 3 chi vazifasida ekologiya butun e’tiborini ekosistemlarning o‘zaro ta’sirida qaratdi.Bu izlanishlar-yopiq zonani o‘rganishga qaratilgandir. Ya’ni biosferani o‘rganish - ekologiya rivojlanishining 4-vazifasidir. Biosfera-tirik organizmlar va insoniyat yashash muxitidir. U yerda hamma ekosistemalarning birligini tashkil qiladi. 1 Ploneta yerimizni ham ekosistema deb qarashimiz mumkin. Rivojlanishning 5 vazifasida insoniyatning biosferada tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Biz ekologiyaning tarixida 4 ta davrni ajratishimiz mumkin 1-davr qadimgi davrdan to 18 asr oxirigacha o‘rganuvchilarning zoologiya va botanika soxasidagi ishlarida ekologik bilish elementlarning paydo bo‘lishi bilan tariflanadi.
"Zoologiyaning otasi" hisoblanmish Aristotel 1 384-322 y eramizdan avval va "botanikaning otasi" Fefrast 1 272-28 1 ishlarida va qadimgi xitoy olimlarining ishlarida hayvon va o‘simliklar-yashash sharoitiga bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan ya’ni ekologik jixatdan.

Download 52.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling