Reja: Ekologiya fani, predmeti


Download 52.67 Kb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi52.67 Kb.
#1158501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O2

Shuningdek ekologiyaning rivojlanishida Ramenskiy, Shennikovlarning xizmati katta bo‘ldi.
Populyatsiya ekologiyasi 1930 yilda ekologiyaning yangi tarmog‘i ingliz olimi Elton tomonidan rivojlantirildi. U ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyatsiyalarni o‘rganishda o‘tish kerakligini aytdi, chunki moslanish protsesslari populyatsiyada bo‘ladi.Populyatsion ekologiyaning rivojlanishida Seversov, Shvars, Naumov, Viktorov, Rabotnov va Uranovlar katta rol o‘ynaydilar 40 yillarda tabiiy sistemalarni o‘rganish asosida yangi yo‘nalishlar kelib chiqdi.
1935 yilda fanga "ekosistema" terminini ingliz Tensli kirgizdi.
1942 yilda esa V.N.Sukachev "biotsenoz"terminini berdi. Biotsenoz xaqida ta’limotni ilgari surdilar. Bu tushunchalarda organizmlar va abiotik muxit orasida bog‘lanishlarni ifodalaydi va modda aylanishi to‘g‘risida aytilgan.
O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI.
Yuqorida aytib o‘tganimiz kabi, bizning buyuk allomalarimiz tabiat, tirik organizimlar va ularning tashqi muxit bilan o‘zaro aloqasiga doir masalalarga to‘xtalganlar.
O‘z FA qoshidagi Botanika, Zoologiya va Parazitologiya instituti olimlari o‘simlik va xayvonlar ekologiyasiga bog‘langan ishlar olib borishgan, xozirda ham bu ishlar olib borilmoqda.
O‘rta Osiyo o‘simliklar olamini o‘rganishda-M.S.Popov akademiklar: K.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, S.Saxobidinov, A.I.Vvedinskiy kabi olimlarning nomi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari-D.N.Kashkarov, YE.P.Korovinlar edi. 30 yillarda Kashkarovning ekologiya masalalari xal qiladigan qaror: Muhim va jamoa, Turkiston xayvonlari",Xayvonlar
ekologiyasi asoslari"kabi yirik ilmiy asarlar chop etiladi.Ular ekologik ilmiy tadqiqot ishlari rejalashtirish,ekolog mutaxasislar tayyorlash masalasini o‘rtaga tashlaydilar,ularning nixoyatda zarurligini aytishgan.
Shu yillarda Korovin-o‘simliklar jamoasi va muxitni birgalikda o‘rganish kerakligini aytadi.Bunday ilmiy ishlar o‘sha vaqtda. UODU biol.f-i qoshida olib borilgan.CHo‘l zonasining o‘simliklarini o‘rganish maqsadida kompleks ekspeditsiyalar tashkil qiladi.Korovin, Grinov kabi olimlar rahbarligida cho‘l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi kserofit guruxiga oid o‘simliklarni o‘rganishga kirishiladi.
1950 yilda ekologiya ishlarining dolzarbligi munosabati xisobga olib UFA Botanika institutida Burgin raxbarligida xodimlari tomonidan cho‘l va chalacho‘l sharoitida o‘simliklarning qurg‘oqchilikga moslanish yo‘llari o‘rganildi.
O‘rta Osiyoda ekologiya soxasida katta ilmiy ishlar D.N.Kashkarov, YE.P.Korovin, M.G.Popov,K.Z.Zokirov, I.I.Granitovlar tomonidan olib borildi.
Danil Nikolayevich Kashkarov tomonidan bizning sobiq davlatimizda birinchi marta kompleks zooekologik kuzatishlar metodikasi ishlab chiqildi. U bir qator ekologiya masalalarini xal qilishda rol o‘ynagan kitoblar qoldirdi. Bu "Sreda i soobshestvo","Jivotnыye Turkestana,"Osnovы ekologii jivotnыx va b.
O‘zbekistonda ekologik izlanishlarning yana bir asoschisi va tashkilotchisi YE.P.Korovin edi.U 30-yillarda o‘simliklar jamoasi va muhitini birgalikda o‘rganish kerakligini aytdi.Bunday ilmiy kuzatish keyinchalik 1967-1987 yillarda Farg‘ona vodiysi sharoitida kompleks ekologik ishlar b.f.d.O.X.Xasanov va R.S.Bernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Natijada adir o‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasi berildi.
Xozirda bunday ishlar Jizzax cho‘llarida,Orol sharoitida davom ettirilmoqda.
D.N.Kashkarovning dastlabki ishlari UO kemiruvchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan edi.Ularning biologiyasi, sistemasi va zarariga e’tibor berish bilan birga xayvonlar ekologiyasi bo‘yicha ham ish olib borildi.1928y u AQSH ga boradi va 7 oy davomida yirik ekologlarning ishlari bilan tanishadi. UFA ning akademiklari T.Z.Zohidov. A.M.Muhammadiyev, muxbir a’zolaridan M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov, V.V.Yaxantovlar O‘zbekistonda zoologiya tadqiqotlarining rivojlanishida o‘z xissalarini qo‘shgan olimlardir. Zoologiya tadqiqotlari UFA ning Zoologiya va parazitologiya ishlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Sultonovning "O‘zbekiston qushlarining gelmentlari" 1963 y Yaxantovning "Hashoratlar ekologiyasi "1963, Vohidovning "qizilqum cho‘lining biotsenozlari 1971, kabi asarlari paydo bo‘ldi. 1981-85 yillarda O‘zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar. ekosistemasi o‘rganishga kirishildi. Sut emizuvchi noyob hayvonlarning sonini kamayib ketish sabablari ,ularning arealini tanlash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.

Download 52.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling