Reja: Ekologiya nazorati tizimi, uning maqsadi, vazifasi va usullari


Download 32.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1492232
Bog'liq
Ekologiya monitoring,ekologik ekspertiza va ekologik nazorat Rej


EKOLOGIYA NAZORATI VA EKOLOGIK
EKSPERTIZA
Reja:
1.Ekologiya nazorati tizimi, uning maqsadi, vazifasi va usullari
2. Ekologik ekspertiza tizimi, uning maqsadi, tamoyillari va usullari
3.Xulosa
4. Foldalanilgan adabiyotlar ro'yxati
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining asosiy funksiyasi etib, ekologik monitoringni amalga oshiruvchi yuqori organ ekanligi, ekologik qonunchiligidauning vakolatlari aniq belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat boshqaruvini amalga oshirish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi zimmasiga yuklatilgan. Respublikamizda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgustdagi 273-son “2016-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalani to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonunlarva “Yer Kodeksi”qabul qilingan.
Ekologiya xozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy mummolaridan biridir, uni haletish barcha halqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”- deyao‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’kidlab o‘tgan. Mamlakatimizolimlariolib borgan tadqiqotlarda davlatning ekologik funksiyasini amalga oshirish mexanizmida ekologik monitoringning o‘rni va roli masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Shu sababdan, bu muammoni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Davlat ekologik monitoring siyosatini olib borishda O‘zbekiston Respublikasida maxsus vakolatli davlat organlarining ekologik monitoringini amalga oshirishga oid vakolatlari ilmiy-nazariy, mazmun mohiyati, huquqiy tabiati, ekologik monitoringni amalga oshirishda atrof tabiy muhit to‘g‘risidagi axborotlarni olish, qayta ishlash va ular asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishda maxsus vakolatli organlari funksiyasining o‘rni katta ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligixuzuridagi Sanitariya-epedimeologiya bosh boshqarmalarini tarmoqlararo (bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi) va tarmoqqa oid (ma’lum bir tabiiy resusrslarni idora etuvchi) organlarga bo‘linishi hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan ekologik monitoring turlari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish,tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida dalat monitoringini hamda tarmoqlararo boshqaruvini amalga oshiruvchi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining vakolatlarikatta ahamiyat kasb etadi. Ekologik monitoringning mohiyati va maqsadi atrof-muhitning holatini ilmiy asoslangan usullar bilan kuzatib borish, uning ifoslanish darajasini aniqlash va sifat holatini baholash, atrof-tabiiy muhit holatidagi salbiy o‘zgarishlar va ularning salbiy oqibatlarini oldindan aytib berish, (prognoz qilish), tabiiy resurslardan foydalanish va antropogen faoliyat ta’siri tufayli atrof-tabiiy muhit holatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, aniqlash, baholash, oldindan aytib berish (prognozqilish), ularning istiqbolini belgilash to‘g‘risidagi axborotlarni olish, yig‘ish, saqlashdan iborat bo‘lib, u o‘z oldiga atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishhuquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Ekologik monitoring davlat ekologik funksiyasining shakllaridan biri hisoblanganligi sababli, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvchi funksiyasitizim mohiyati ekologik monitoring, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, atrof tabiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy pesurslardan oqilona foydalanishni rejalashtirish, hisob-kitob va davlat kadastrlarini yuritish, tabiiy resurslarni foydalanish uchun berish va qayta taqsimlash
1-modda. Ekologik ekspertiza tushunchasi
Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ekologik ekspertiza maqsadlari
Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash.
4-modda. Ekologik ekspertiza turlari
Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish;
(4-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
atrof muhitdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilishdan iborat.
Xulosa:
Xulosaga keladigan bulsak tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta’minlash kerak va shart.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


http://fayllar.org


Ekologiya fanidan majmua
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling