Reja: Ekspertizaning mohiyati va mazmuni


Ekologik ekspertizani olib boruvchi tashkilotlar


Download 51.9 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi51.9 Kb.
#1831002
1   2   3   4
Bog'liq
ekologik eks

Ekologik ekspertizani olib boruvchi tashkilotlar
Ekspertizalarning davlat va tashkilot turlari bor. Davlat ekologik ekspertizani tabiatni muhofazalash Davlat qumitasi o’tkazadi. Ko’p qirrali muhim qurilishlarni har tomonlama mukammal o’rganish maqsadida har xil mutaxassislardan iborat ekspert komissiya tuziladi.
Tashkilotlarning ekologik ekspertizasini vazirlik va tashkilotlarning tabiatni muhofazalash bo’limi va sanitar-epidemiologiya bo’limi xodimlari o’tkazadilar.
Ekspertiza davlatning ekologiyaga oid qonun va qoidalariga asoslanib olib boriladi, chiqariladigan chiqindi va salbiy ta‘sirlar me‘yornomada ko’rsatiladi. («PDK» dan oshib ketmasligiga alohida ahamiyat beradi). Sanoat yoki asbob-uskunani ekologik jihatdan sozligini va xavfsizligini ularning ma‘lum miqdordagi mahsulotga chiqariladigan chiqindi va uning toksik xususiyatlari belgilaydi. Agar yangi texnologik jarayon oldingisiga nisbatan kamroq chiqindi chiqarsa, u ekologik xavfsizroq hisoblanadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishda inson salomatligini saqlash uchun zaxarli kimyoviy moddalarni qo’llashga taalluqli maxsus sanitariya va agrotexnika qoidalariga so’zsiz amal qilish lozim. Tuproqning turli zaxarli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishini muhofaza qilish Davlat standarti (17.4.1.02.-83) asosida olib boriladi. Mazkur standartga muvofiq tuproqni zaxarli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazorat qilish moddalarning zararli darajasiga qarab tasnifot qilinadi. Davlat standartiga asosan kimyoviy moddalarning xavfi (zararli) darajasi 3 guruhga bo’linadi, chunonchi:
1) O’ta xavfli moddalar.
2) O’rtacha miyona xavfli moddalar.
3) Kam xavfli moddalar.
Zaxarli kimyoviy moddalarning xavfliligi qaysi guruxga taalluqli bo’lmasin, ular kamida 3 ta ko’rsatkich bilan aniqlanadi.


Tabiiy muhitga keltiriladigan zararlarning guruhlarga bo’linishi
Ekologik ekspertizada tabiiy muhitga shikast yetkazish orqali xalq xo’jaligiga yetkaziladigan zararlar ham hisoblanadi. Zararlar quyidagi uch xilga ajratiladi: bo’lishi mumkin, bo’ladigan va oldi olingan.
Bo’lishi mumkin zararlar tegishli choralar ko’rilmagandagi miqdorni ko’rsatadi. Choralar ko’rilgandan so’ng ham, xalq xo’jaligaga yetkazilgan zararlar bo’ladigan zarar hisoblanadi. Bo’lishi mumkin bo’lgan zarardan yana bo’ladiganini ayirsak oldi olingan zarar miqdori kelib chiqadi. Zararlarni hisoblashda quyidagilarga asoslaniladi: muhitning ifloslanish darajasi, muhitning ifloslanishini inson salomatligiga ta‘siri darajasi, kasalliklarning ko’payishidan xalq xo’jaligiga keladigan zarar, qishloq xo’jaligi, chorvachilik va sanoatga keladigan zarar, havo tarkibining o’zgarib, kislotali yomg’irlar ta‘sirida inshootlarni? tarixiy obida va haykallarning buzilishini tezlashishidan keladigan zarar kabi ko’p masalalar inobatta olinadi.
Zararlarni birlamchi va ikkilamchi xillari bor. Birlamchisi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq, ikkilamchisi chiqarilgan mahsulotni ishlatish, ishdan chiqqanlarini yo’qotish bilan bog’liq.
Tabiiy muhitga keltiriladigan zarar iqtisodiy va ekologik bo’lishi mumkin. Iqtisodiy zarar muhitning ifloslanishi natijasida biror xo’jalikning dehqonchiligi va chorvachiligiga keltirilgan zarar bo’lib, uning o’rnini pul bilan qoplasa bo’ladi.
Ekologik zarar biror shaxs yoki aniq tashkilotga tegishli bo’lmay, u tabiiy muhitni zararlash orqali inson salomatligiga va faoliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Ekologik zararni o’z vaktida ikkiga bo’lish mumkin. Birinchi guruhda keltirilgan zararlarni yo’qotish maqsadida qayta tiklash, ta‘mirlash ishlari o’tkaziladi. Ikkinchi xil guruh zararlarni tiklab bo’lmaydi. Bunga asosan qazilma boyliklarni ishlatishda isrofgarchilikga yo’l qo’yish va ularni butunlay yo’qotib yuborish kiradi. Bunday ishlardan keladigan zararni hisoblab bo’lmaydi.
Xulosa sifatida umumlashtirib tabiiy muhitga keltiradigan zararlarning quyidagi guruxlarini ko’rsatish mumkin:
1. Havoni tabiiy muhitga va inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar bilan ifloslantirish .
2. Xo’jasizlik bilan suvni isrof etish va suv havzalarini ifloslantirish.
Yerlarni sanoat, qurilish, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirib, ularni qayta tiklash (rekultivatsiya) choralarini ko’rmaslik.
O’rmon, to’qay va cho’l o’simliklarini yo’qotadigan ishlar.
Ovchilik qoidalarini buzish va jonivorlar yashaydigan muhitni ifloslantirish.
Dehqonchilikda zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish tartiblarini buzish.
Qayta tiklanmaydigan qazilma konlardan xo’jasizlarcha bir tomonlama foydalanib, kon va kon sanoati korxonalari atrofini zararli chiqindilar bilan shikastlab, qayta tiklash choralarini ko’rmaslik.

O’z ish faoliyati yoki layoqati tufayli tabiatga zarar keltirgan shaxslar tashkiliy, iqtisodiy va hatto jinoiy javobgarlikka tortiladi.





Download 51.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling