Reja: Ekspertizaning mohiyati va mazmuni
Ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi
Download 51,9 Kb.
|
ekologik eks
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi
Ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi
O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasining 4.05.93 yildagi №8 – TK qarori bilan ekologik ekspertizaning o’tkazish tartibi tasdiqlangan.
Hujjat quyidagilar uchun majburiydir:
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi Davlat ekologik ekspertizasini (DEE) o’tkazayotgan ekspert organi loyihani va xo’jalik faoliyati loyihasi bo’yicha ekspert komissiyasining jamlama xulosasini ko’rib chiqadi va «DEE xulosasi»ni tayyorlaydi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: - ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to’g’risida xulosalar. - qiziquvchi tomonlarning fikr va takliflarini ko’rib chiqish davomida paydo bo’lgan mulohazalar. - ko’rilayotgan xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo’yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalardan iborat bo’ladi. «DEE ning xulosasi» O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qumitasi ekspert kengashi majlisida muhokamaga chiqarilishi mumkin. «DEE ning xulosasi» loyiha buyurtmachisiga va boshqa qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi. Xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag’ faqat «DEE ning xulosasi» ijobiy bo’lsagina ajratiladi. Ekspertiza tugagach, xujjatlarning to’liq komplekti buyurtmachilarga qaytariladi. Xujjatlarning nusxasi ekspertiza o’tkazgan organ arxivida olib qolinadi, rasmiylashtiriladi va belgilangan ish yuritish tartibiga asosan saqlanadi. DEE ni o’tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi xo’jalik faoliyati loyihasining va boshqa xujjatning buyurtmachisi va ishlab chiquvchi quyidagilarni ta‘minlashi shart: - mazkur xujjatning bo’limlariga mos ravishda DEE ga beriladigan xujjatlarning to’la komplektini. - DEE ni o’tkazish ishlariga Respublikada belgilangan tartibda xaq to’lashni. - ekspertiza o’tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi (guruxi, ekspert) ning ishlashi uchun zarur qo’shimcha axborot berishni ta‘minlaydi. Ekspert komissiyasi (gurux, ekspert) javob beradi: - ekspertizaga berilgan xujjatlarni o’z vaqtida va sifatli ko’rib chiqilishiga, jamlama xulosani tayyorlash, xulosa va takliflarning asosligiga. - ekologik ekspertizani o’tkazish me‘yor va qoidalariga rioya qilinishiga mas‘ul hisoblanadi. DEE ni o’tkazuvchi ekspert organi javob beradi: - ekspert komissiyasini (guruxini) tuzish, ekspertlarni tanlash, ularning mehnatini to’g’ri tashkil qilishga. - ko’rib chiqilayotgan xo’jalik faoliyati loyihasi amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan (yoki amalga oshirilayotgan) hududning atrof-muhiti holati to’g’risidagi ma‘lumotlar bilan ekspertlarni ta‘minlashda yordam berishga. - ekspertiza o’tkazishning oshkoraligini ta‘minlashga, ko’rilayotgan faoliyat loyihasini ekspertlar tomonidan ob‘ektiv ravishda baholash uchun shart-sharoit yaratishga. - DEE ni o’tkazishda m‘yorlar va qoidalarga rioya qilinishiga. - ekspertlar ishiga o’z vaqtida xaq to’lashga mas‘uldir. Download 51,9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling