Reja: Elektr o`tkazuvchanlik guruhi
Download 422.34 Kb. Pdf ko'rish
|
3-ma\'ruza Elektron qurilmalarning aktiv komponentlari.Yarim o’tkazgichlarning fizik asoslari
tiristor deyiladi. Bunday diodning ikki chetki sohalariga biriktirilgan elektrodlari
anad va katod, ichki baza sohadagisi esa boshqaruvchi elektrod (B.E.) deb ataladi (11-rasm). Tiristor vol`tamper xarakteristikasi (12-rasm) to`rt qismdan iborat bo`lib , uning birinchi qismi (I) yopiq holatiga tegishli bo`ladi. Bunda tiristordan o`tadigan tok I a berkituvchi qatlam (P2) borligi tufayli , diodning teskari toki singari kichik bo`ladi. Anod va katod orasidagi U ak kuchlanishining ortishi bilan P – soha (kanal) p-n o`tish n – soha a) kanal ochiq I ch P – soha (kanal) p-n o`tish n – soha b) kanal yopiq I cho 10 – rasm. Maydoniy tranzistorda kanalning o`zgarishi markaziy p-n o`tish (P2) dagi tok ham orta boshlaydi va nihoyat , kuchlanishning berilgan maksimal qiyimati U ak.max da P2 o`tishning teshilishi sababli tiristordan o`tadigan tok qiymati o`z - o`zidan xarakteristikaning ikkinchi qismi (2) bo`yicha orta boradi , so`ngra uchinchi qismiga (3) o`tadi. Agar tiristorning boshqarish elektrodi B.E. ga uning katodiga nisbatan musbat potensiyal U b berilsa , u holda P2 o`tishning teshlishi kamroq U ak kuchlanishda sodir bo`ladi . Demak , boshqarish elektrodidan o`tadigan tok I b qiymatini o`zgartirish bilan tiristorning ochilish jarayonini tiratrondagi singari boshqarish mumkin. A K P 3 P 2 P 1 P 1 P 2 n 1 n 2 + – B.E. a) A K VS U b U ak b) + + B.E. – – 11 – rasm. Tiristorning tuzilishi (a) va shartli (b) belgisi I b I a 0 1 2 4 U ak max I b = 0 I b1 I b2 3 U ak I b2 > I b1 12 – rasm. Tiristorning vol`lt – amper xarakteristikasi Tiristorning ishlash shartini quyidagicha yizish mumkin : agar U ak > 0 bo`lsa , I b > 0 (U b > 0) → I a > 0 tiristor ochiq holatda, agar U ak < 0 bo`lsa → I a = 0 – tiristor yopiq holatda I b qanday bo`lishidan qati`y nazar . Boshqarish elektrodiga berilgan signal U b ta`siri bilan ochiq holatdagi tiristor yopiq holatga o`tkazib bo`lmaydi . Tiristorni yopiq holatga o`tkazish uchun unga teskari U ak kuchlanish berish kerak yoki anod zanjirini ta`minlash manbaidan uzish kerak. Demak , tranzistorlarda kichik qiymatli baza toki o`zgartirilib, unga mos ravishda katta qiymatli kolletor toki o`zgartirilsa , tiristorlarda boshqarish elektrodiga beriladigan boshqarish signalining berish onini o`zgartirib, tiristorning ochilish onini o`zgartirish (boshqarish) mumkin. Tiristor ochiq holatga o`tgandan so`ng boshqarish signali olib tashlansa ham , u ochiq holatda qoladi. Tiristorlar shu xususiyati tufayli kalit sifatida avtomatikaning kommutasiya qurilmalarida , boshqariladigan to`g`irlagich va invertor kabi sanoat elektronikasi qurilmalarida keng qo`llaniladi. Tiristorlar statik va dinamik parametrlarga ega. Tiristorning statik parametrlari uning vol`t –amper xarakteristikasini , dinamik parametrlari esa ochlish va yopilish jarayonlarini ifodalaydi . Boshqarish elektrodi boshqarish kuchlanishi va toki , hamda boshqarish signalining (impul`sining) davomiyligi kabi parametrlar bilan ham xarakterlanadi. Tiristorlar ham diodlar kabi kam , o`rta va katta (kuchli) quvvatli tiristorlarga bo`linadi . Download 422.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling