1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish 3..2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Uzlukli va uzluksiz spektrlar. 4. Mozli qonuni. 5. Rentgen nurlari kashf etilishi
- 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI fakulteti kafedrasi yo’nalishi “ ” kurs talabasi ning “ ” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Bajardi: Qabul qildi: NUKUS 20 yil Xarakteristik rentgen nurlanishi Reja: 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari. 2. Rentgen nurlarning spektrlari 3. Uzlukli va uzluksiz spektrlar. 4. Mozli qonuni. 5. Rentgen nurlari kashf etilishi 1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari Rentgen nurlarini 1895-yilda nemis fizigi Vilgelm Rentgen (1845-1923) kashf etgan. U bu kashfiyoti uchun 1901-yilda birinchi bo'lib Nobel mukofotini olishga sazavor bo'lgan. V.Rentgen o'zi kashf etgan nurlarni dastlab X-nurlar deb atagan, keyinchalik bu nurlar uni nomi bilan ataladigan bo'ldi. V.Rentgen bu kashfiyotini katod nurlarini o'rganish vaqtida tasodifan topdi. U tajribalaridan birida katod nayini qora kardon qog’oz bilan yaxshilab o'radi. Xonani qorong’i qilib, katod nayida razryad hosil qilganda xonani boshqa tomonida u qandaydir nurlanishni ko'rdi. Ma'lumki, katod nurlari (elektronlar oqimi) havoda bir necha santimetr masofagacha tarqalishi mumkin xolos. Tajribani takrorlaganda ham, yana bu hol takrorlandi. Xonani yoritib qarasa, nurlanayotgan narsa, qurilma yaqinidagi flyuoressensiyalanuvchi ekran ekan. Shunda rentgen yangi nurlanish turiga duch kelganini tushundi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, rentgen nurlanishi katta tezlikdagi elektronlarni keskin tormozlanishi natijasida hosil bo'lar ekan. Rentgen nurlari sxemasi tasvirlangan rentgen trubkasida hosil qilinadi. Maxsus transformatorga ulanadigan volfram sim katod (K) vazifasini o'taydi. Katod va anod (A) orasida hosil qilinadigan elektr maydon katoddan uchib chiqayotgan termoelektronlarni tezligini orttiradi. Yetarlicha katta kinetik energiyaga erishgan elektronlar volfram yoki platinadan qilingan anod mishenni ichiga kirib borish vaqtida keskin tormozlanishi natijasida rentgen nurlari hosil bo'ladi. Bu nurlar to’lqin uzunligi 10 -12 –10 -8 oralig’ida bo'lgan elektromagnit to’lqinlardan iborat. Rentgen nurlarining elektromagnit to’lqin tabiati ularning kristallardan o'tishdagi difraksiyasi orqali isbotlangan. I 0 8.6-rasm. U 1 U 2 U 3 U 4 U 5 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling