1. Rentgen nurlarining va ularning xossalari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.11.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1789387
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish 3..2

 
 
 


3. Uzlukli va uzluksiz spektrlar. 
"Spektrning katta to’lqin uzunliklar sohasi qanday tushuntiriladi?" degan 
savol tug’ilishi mumkin. Tormozlanish 
vaqtida hamma elektronlarning ham
energiyasi 
to’lig’icha 
nurlanishga 
aylanmaydi, ularning energiya-sining 
bir qismi issiqlikкa aylanishi mumkin. 
Shuning uchun energiyaning issiqlikka 
aylanishi ortgan sari kvantlar soni 
kamayadi, to’lqin uzunligi esa ortadi. Tutash rentgen spektrini qisqa to’lqin
uzunliklar sohasidagi chegaraviy to’lqin uzunlikni o'lchab Plank doimiysini katta 
aniqlikda hisoblash mumkin. 
Rentgen qurilmasini anodiga kelayotgan eletronlarning energiyasi oshishi 
bilan tutash rentgen nuri spektri ichida anod materialiga bog’liq bo'lgan katta 
intesivlikdagi bir necha chiziqli spektrga ega bo'lgan xarakteristik rentgen 
nurlanishi paydo bo'ladi. Bu nurlanishni hosil bo'lish jarayoniga to'xtalaylik. 
Atomning tashqi elektron qobig’idagi elektronlarni qo'zgalgan holatga keltirish 
uchun 0,1-10 eV atrofida energiya kerak. Bunda atom turg’un holatga 
qaytayotganda IQ, UB yoki ko'zga ko'rinadigan sohadagi chiziqli spektrli yorug’lik 
chiqaradi. 
Atomning yadroga yaqin joylashgan elektron qobiqini qo'zg’algan holatga 
keltirish uchun, 1-10 eV atrofida energiya kerak bo'ladi. Shuning uchun rentgen 
qurilmasi anodiga bir necha ming volt (40-80 kV) kuchlanish berilganda unda 
xarakteristik 
rentgen 
nurlanishi 
chiqishi 
kuzatiladi. 
Bunda 
anodda 
tormozlanayotgan elektronlarning bir qismi anod materiali atomlarining ichiga 
kirib, bu atomlarning K, M,... qobiqlardagi biror elektronni urib chiqarishi 
mumkin. Masalan, K- qobiqdagi biror elektron atomni tashlab chiqib ketganligi 
tufayli, uning bo'sh o'rniga L yoki M qobig’idagi elektron kelishi mumkin.
Natijada xarakteristik rentgen nurlanishning K-seriyalari hosil bo'ladi. Ma'lumki K 
- qobiqdagi elektron atom bilan mustahkam bog’langan, L - qobiqdagi elektron esa 


zaifroq, M – qobiqdagisi undan ham zaifroq bog’langan. Shuning uchun L


o'tishda vujudga keladigan xarakteristik rentgen nurlanishi kvantining energiyasi K 
va L qobiqlardagi elektronlarning bog’lanish energiyalari farqiga teng bo'ladi.
Xarakteristik rentgen spektrning K, L, M va N seriyalarining vujudga kelish 
sxemasi. 
Ma'lum bir seriyaga kirgan chiziqli spektrning tartibi ortgan sayin to’lqin 
uzunligi kamayib boradi. Agar anod materiali atom massasi og’irroq metall bilan 
almashtirilsa, xarakteristik rentgen nurlarini tarkibi o'zgarmaydi, ammo butun 
spektr qisqa to’lqin uzunlik tomonga siljiydi. 
Ma'lum bir bosh kvant soniga mos kelgan xarakteristik rentgen nurlari ham 
orbital va magnit kvant sonlarini qiymatiga qarab bir necha spektral chiziqlarga 
bo'linib ketishi mumkin. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling